1-avgust kuni SMS, MMS xabarlar xizmati va internet o‘chiriladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishUyali aloqa vositada gaplashayotgan yigit
Uyali aloqa vositada gaplashayotgan yigit - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi aloqa kompaniyalari ushbu noqulayliklar uchun foydalanuvchilardan uzr so‘radi

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. 1-avgust kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtixonlari bo‘lib o‘tadi.

Probniy YeGE po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Davlat test markazi abituriyentlarning majburiyat va vazifalarini e’lon qildi
Shu munosabat bilan O‘zbekiston mobil operatorlari tomonidan seshanba kuni soat 8:30 dan 13:30 gacha SMS, MMS xabarlar xizmati va internet o‘chiriladi.

"O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida profilaktika ishlari olib borilishi sababli 01.08.2017 y. soat 08.30 dan 13.30 ga qadar kompaniya qo‘shimcha xizmatlari (SMS, MMS, WAP va GPRS) vaqtinchalik amal qilmaydi. Ovozli qo‘ng‘iroqlar odatdagi tartibda ishlaydi", — deyilgan "Beeline", ucell va "Payme"kompaniyalari matbuot-xizmatlari tarqatgan xabarda.

Uyali aloqa kompaniyalari noqulayliklar uchun foydalanuvchilardan uzr so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0