Mirziyoyev xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil 20-avgustga qadar har bir o‘quvchining maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni davom ettirishi masalasiga to‘liq aniqlik kiritiladi

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 2-avgust kuni xalq ta’limi sohasidagi islohotlar masalalariga bag‘ishlangan videoselektor majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Prazdnik Posledniy zvonok v shkolax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda atigi 67 ta akademik litsey qoladi
Ma’lumki, Mirziyoyev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida aholi, jamoatchilik vakillari bilan o‘tkazilayotgan uchrashuv va muloqotlar chog‘ida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasiga ota-onalardan bo‘layotgan murojaatlarda umumta’lim maktablarida 10-11-sinflarni tashkil etish yuzasidan ko‘plab takliflar bildirilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, keng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan ishchi guruh a’zolari tomonidan joylarda ota-onalar va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilikning 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab 9-sinf bitiruvchilari umumta’lim maktablarining 10-sinflarida, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o‘qishni davom ettirishiga oid fikrlari o‘rganildi.

Bu jarayonda umumta’lim maktablarining 466 ming nafar 9-sinf bitiruvchisidan 352 ming nafari 10-sinfda, 114 ming nafari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishni davom ettirish niyatida ekani aniqlandi.

Yig‘ilishda ota-onalar va bolalarning shu boradagi xohish-istaklarini to‘liq hisobga olish va ro‘yobga chiqarish zarurligi, ularning ovora bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, shunday holatlar yuz bergan taqdirda tegishli tumanlar hokimlari, xalq ta’limi bo‘limi va ta’lim muassasalari rahbarlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi rahbarlariga mahalliy hokimliklar bilan birgalikda shu yil 20-avgustga qadar har bir o‘quvchining aniq maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni davom ettirishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Yangiliklar lentasi
0