Muammolarni muhokama qilish uchun Xalqaro press-klub viloyatlarga chiqdi

"Mobilniy press-klub" provedet vstrechi s naseleniyem v razlichnix subyektax strani
Mobilniy press-klub provedet vstrechi s naseleniyem v razlichnix subyektax strani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 4-7 avgust kunlari Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy viloyatlarida sayyor Press-klubning anjumanlari bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 4-avgust — Sputnik. Xalqaro Press-klub matbuot xizmati xabariga asosan 4-7 avgust kunlari Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy viloyatlarida sayyor Press-klubning anjumanlari bo‘lib o‘tadi.

Politicheskie partii: analiz, initsiativi i sotsialnaya otvetstvennost - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro press-klubda deputatlar qanday takliflar bilan chiqishdi?

Xabarda aytilishicha, Xalqaro Press-klub a’zolari O‘zbekistonning barcha viloyatlariga u yerdagi aholi va mahalliy davlat organlari, jamoat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqotlar uyushtirish maqsadida hududlarda mavjud bo‘lgan muammolar, yangi loyiha, g‘oya va tashabbuslarni o‘rganib chiqish uchun xizmat safariga otlandilar.

Sayoxat jadvaliga ko‘ra 4-avgust Sirdaryoda, 5-avgust Jizzaxda, 6-avgust Samarkandda hamda 7-avgust Navoiy viloyatida sayyor anjumanlar bo‘lib o‘tadi.

Har bir viloyatda 100-150 kishi bilan mo‘ljallangan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Sessiya davomida infrastruktura obyektlari, yangi loyihalar, inson resurslarining mustahkamligi, fermerlik hamda eksport mahsulotlarining xajmi kengaytirish to‘g‘risida suhbatlar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 4-dekabr kuni O‘zbekiston prezident saylov jarayonini yoritish bo‘yicha Xalqaro Press-klubi tashkil etilgan edi. 2017-yil aprel oyida ilk bor Xalqaro press-klub ta’sis etilib, unga Sherzod Qudratxo‘jayev rais etib saylangan edi.

Yangiliklar lentasi
0