O‘zbekiston dunyoning eng kuchli 50 armiyasi ro‘yxatidan o‘rin oldi

© Sputnik / Rostislav Netisov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy komandi Uzbekistana vo vremya proxojdeniya etapa "Tropa razvedchika" na konkurse "Otlichniki voyskovoy razvedki"
Voyennoslujashiy komandi Uzbekistana vo vremya proxojdeniya etapa Tropa razvedchika na konkurse Otlichniki voyskovoy razvedki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ushbu ro‘yxatning 48 qatoridan o‘rin oldi, yetakchilar uchligida esa AQSh, Rossiya va Xitoy sanab o‘tilgan

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekiston dunyoning eng kuchli 50 armiyasi ro‘yxatidan o‘rin egalladi.

Ushbu reyting Global Firepower tomonidan tuzilgan bo‘lib, kuchli armiyalarni tanlab olishda 50dan ortiq omillar inobatga olingan.

O‘zbekiston armiyasi askarlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi: yetti muhr ostidagi sir
Reytingda eng kuchli uchlik sifatida AQSh, Rossiya va Xitoy qayd etilgan.

Sobiq sovet davlatlari orasidan ushbu reytingdan shuningdek, Ukraina(30 o‘rin), Belarus(49) o‘rin egallagan.

Misol uchun kuchlilik darajasi mamlakat ega qurollarning umumiy hajmiga emas, balki aslahalar xilma-xilligiga qarab belgilangan.

Yadro zaxiralari e’tiborga olinmagan bo‘lsada, davlatlar bu uchun bonusga ega bo‘lganlar. Shuningdek, reytingga kiritilishda geografik omillar, hudud ochiqligi va sanoat rivojlanishi darajasi ham muhim o‘rin kasb etgan.

Bundan tashqari, ishchi kuchiga egalik darajasi ham eng muhim omillardan biri sifatida e’tiborga olingan.

Yangiliklar lentasi
0