Jirinovskiy Tramp va Tillerson bilan IQ ko‘rsatkichida bahslashmoqchi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLider LDPR Vladimir Jirinovskiy
Lider LDPR Vladimir Jirinovskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin Tramp OAV xodimlariga Tillerson va o‘zining IQ ko‘rsatkichini solishtirib ko‘rish taklifini kiritgan. Vaqt o‘tib, prezidentning ushbu taklifi Oq uy matbuot-xizmati tomonidan "bu hazil edi" degan maxmunda rad etilgan

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy o‘z IQ ko‘rsatkichini AQSh prezidenti Donald Tramp va Davlat kotibi Reks Tillersonniki bilan solishtirib ko‘rmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Jirinovskiy aql ko‘rsatkichi ularnikidan yuqori bo‘lishiga shubha qilmayapti.

Qonun va adolatli hukm ramzlari. - Sputnik O‘zbekiston
Sud Gorbachovni Jirinovskiy foydasiga 6 ming rubl to‘lashga majbur qildi
Sal oldin Tramp OAV xodimlariga Tillerson va o‘zining IQ ko‘rsatkichini solishtirib ko‘rish taklifini kiritgan. Vaqt o‘tib, prezidentning ushbu taklifini Oq uy matbuot-xizmati "hazil"ga yo‘ygan.

"Tramp o‘zining va Tillersonning IQ ko‘rsatkichini solishtirishni taklif etdi. Men esa o‘zimni ham qo‘shgan bo‘lardim. Kelinglar uch kishinikini solishtiramiz, ulkan Amerika boshchiligida Rossiyanikini… Tillersonning ko‘rsatkichi past bo‘ladi, chunki u oddiygina neftchi, biznesmen. Tramp siyosat bilan ko‘p shug‘ullangani bilan, u biz, shu yerda, Rossiyada olgan bilimlarga ega emas", — deb aytgan Jirinovskiy chorshanba kuni jurnalistlarga.

Yangiliklar lentasi
0