Jasur Ibrohimov ishi: Zemfira, kutilmagan guvoh va hammasini ko‘rgan usta

© SputnikZasedanie po delu ob izbiyenii Jasurbeka Ibragimova
Zasedanie po delu ob izbiyenii Jasurbeka Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yettinchi sud majlisida marhum Jasurning do‘sti Firdavs, Jasurga qaragan hamshira va boshqa guvohlar ko‘rsatma berdi

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Bugun Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimovning o‘limi yuzasidan yettinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Sud majlisida marhum Jasurning do‘sti Firdavs Farhod o‘g‘li ko‘rsatma berdi.

Eslatib o‘tamiz, oltinchi sud majlisida guvohlik bergan Dilshod Abdullayev janjalga Jasur uning tutingan singlisi Gabrielaga gap otib, tegajog‘liq qilib yurganini eshitgach, u bilan "erkakchasiga" gaplashib olishni maqsad qilgani sabab bo‘lganini bildirgandi.

Dilshod Abdullayev, svidetel - Sputnik O‘zbekiston
Hammasi Gabrielani deb bo‘ldi - Jasur Ibrohimov ishi bo‘yicha guvoh Abdullayev ko‘rsatmasi

Bugun sudda ko‘rsatma bergan Firdavs Dilshod aslida yolg‘on ko‘rsatma berganini ma’lum qildi.

Firdavsning aytishicha, 2-may kuni Jasur 1-kurs talabasi bo‘lgan Zemfira ismli qizning oldiga borgan va u bilan tanishmoqchi bo‘lgan. Qiz dastlab unga ro‘yxushlik bergandek bo‘lgan, so‘ngra esa "akamga aytaman" deb Dilshod Abdullayevni chaqirgan.

Shundan so‘ng Dilshod Jasurni yakkama-yakka gaplashib olishga chaqirgan hamda Islom va bir guruh yigitlar ham u bilan birga to‘planishgan. Firdavsning ko‘rsatma berishicha, Dilshod va Jasur oldinda ketishayotganida Islom yigitlarning ichida turib Jasurni "On bolnoy" deb atagan va kalaka qilib kulgan.

Eslatib o‘tamiz, Dilshod Abdullayev sud davomida prokuraturada bergan ko‘rsatmalarining ko‘pini o‘zgartirgan, xususan,oldinroq Islombek "On bolnoy dedi", deb ma’lumot bergan bo‘lsa, keyin men bunday deb aytmaganman, Islombek "Jasurning travmasi bor", degan deb turib olgandi.

Firdavsdan so‘ng Jasur olib borilgan shifoxonada ishlaydigan hamshira Siddiqovaning ko‘rsatmalari tinglandi.

Hamshiraning aytishicha Jasur janjal tugay deb qolganida kimdir orqasidan kelib, tepki aralash do‘pposlab ketganini, keyin yigitlar ko‘pchilik bo‘lib uni kaltaklashgani haqida gapirib bergan. Jasur o‘shandan so‘ng "hushimni yo‘qotdim", deb aytgan.

"Nega bu haqda ilk tergov davomida ko‘rsatmalaringizda ma’lum qilmadingiz", — degan savolga Siddiqova "Men bu haqda ilk tergov davrida ham aytib bermoqchi bo‘ldim, ammo bosh tergovchi "ishni tezlashtir, qolganini sudda gapirasan" deyavergach, meni so‘roq qilib turgan kishi so‘zlarimni oxirigacha tinglamadi, dedi u.

Shuningdek, o‘sha kuni voqea joyidan uzoq bo‘lmagan hududda ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullangan parkentlik hunarmand usta Miravlo Temirov ham sudda guvohlik berdi.

© SputnikGuvoh Jasur Ibrohimovning onasiga janjal yuz bergan vaqtda qayerda bo‘lganligini tushuntirmoqda
Svidetel obyasnyayet materi Jasura Ibragimova gde on naxodilsya vo vremya draki - Sputnik O‘zbekiston
Guvoh Jasur Ibrohimovning onasiga janjal yuz bergan vaqtda qayerda bo‘lganligini tushuntirmoqda

U 3-may kuni 145-maktab yonida joylashgan MXX binosi oldida ishlayotgan bo‘lgan.

"Xaper sepayotgandim, 5-6 yigit asfalt ko‘chadan kirib keldi. Oldimdan o‘tishdi. Keyin qarasam maykasini yechib urushgani tayyor turgan ekan, birinchi hazillashishayapti, urushmasa kerak, deb o‘yladim. Men ishni boshladim, bir vaqt qarasam bolalardan biri, keyin bilsam Jasur ekan (tergov davomida rasmlarini ko‘rib tanidim) yerda yotibdi ekan. Qo‘lini ko‘tardi, shunda bolalar ajratib tashladi.

Jasurbek Ibragimov - Sputnik O‘zbekiston
Vrach ko‘rsatmasi: Jasur Ibrohimov kasalxonaga og‘ir ahvolda olib kelingan edi
Bekor qildilaring dedim urushmanglar degandim, ularning hech biri gapimga quloq solmadi.

Yigitlardan biri suv olib kelib, yiqilgan bolani o‘ziga keltirdi. Kyeyin sal nariroqqa borib, Jasur bilan Islom bir-biri bilan kalla urishtirib xayrlashdi”, dedi Temirov.

Ustaning aytishicha, urush boshlanganda Jasur bilan Islom bir-birining "basharasiga" urib tashlashgan.

Temirovning ta’kidiga ko‘ra, ikki yigit o‘rtasidagi urush uzog‘i bilan 7 daqiqacha bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, usta va bolalar o‘rtasidagi masofa taxminan 20 metrni tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0