01:22 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
77600

2018 yildan boshlab hayvonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi shakllantirilib, yagona elektron axborot tizimi yaratiladi

TOSHKENT, 31 okt — Sputnik. Uy hayvonlari2018 yildan boshlab veterinariya xizmati xodimlari tomonidan bosqichma-bosqich roʻyxatga olinadi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

"Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 sentyabrdagi "Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan koʻpaytiriladigan barcha hayvonlar 2018 yildan boshlab veterinariya xizmati xodimlari tomonidan bosqichma-bosqich roʻyxatga olinadi.

Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ayni paytda tartib-qoidalar ishlab chiqilib, zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda", — deyilgan xabarda.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlari birinchi navbatda yirik va mayda shoxli mollarni hisobga olish bilan boshlanadi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Samarqand viloyatida 1 million 454 mingdan ortiq yirik, 2 million 205 ming boshdan ortiq mayda shoxli mollar bor. Mazkur uy hayvonlarini roʻyxatga olishga viloyat veterinariya xizmati tizimidagi tuman va shahar boʻlimlari, viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markazi va 545 zooveterinariya shoxobchalari mutaxassislari jalb etiladi.

Buning uchun mutaxassis-xodimlar oʻqitilib, malakasi oshiriladi. Hayvonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi shakllantirilib, yagona elektron axborot tizimi yaratiladi.

Teglar:
pasport, chorva, sigir

Asosiy mavzular