Sherobod hokimi qarzdorlik uchun ishdan olindi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel
Portfel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sherobod hokimi tumanda komunnal qarzdorlik yuqori holatda saqlanib qolayotgani, tumanning eksport salohiyati pastligi hamda murojaatlarga tushuntirish berish bilan cheklangani uchun ishdan olindi

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Sherobod tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Abdulxakim Eshmuratov lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali xabar qildi.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Kattaqo‘rg‘on hokimi sog‘lig‘i tufayli vazifasidan ozod etildi
Xabarda aytilishicha, joriy yilning 9 oyi davomida fuqarolardan tushgan murojaatlarning 80 foiziga faqatgina tushuntirish berilgan, mutasaddi idoralarda murojaatlar bilan ishlash, masalani hal etishning ahvoli qoniqarsiz.

Shuningdek, aholining kommunal to‘lovlardan qarzdorligi yuqori darajada saqlanib qolayotgani, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tumanning eksport salohiyati past ahvolda ekani, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida olib borilmayotgani tuman iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

Shu tufayli tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Abdulxakim Eshmuratov lavozimidan ozod etildi.

Faollar, deputatlar, siyosiy partiyalar vakillarining taklif va mulohazalari inobatga olinib, uning o‘rniga shu kunga qadar Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan O‘rol Abrayqulovich Boboqulov tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0