Jizzaxda to‘rt yulduzli mehmonxona ish boshladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishApartamenti
Apartamenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
180 o‘rinli mehmonxonadagi shinam, biri-birini takrorlamaydigan dizaynga ega, zamonaviy mebellar bilan jihozlangan 4 apartament, 108 lyuks va 24 oddiy xonada mehmonlar yashashi va dam olishi uchun barcha qulaylik yaratilgan

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Jizzax shahrida to‘rt yulduzli "Grand hotel Uzbekistan" mehmonxona mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi, deb xabar qildi Jizzax hokimligi matbuot-xizmati.

"180 o‘rinli mehmonxonadagi shinam, biri-birini takrorlamaydigan dizaynga ega, zamonaviy mebellar bilan jihozlangan 4 apartament, 108 lyuks va 24 oddiy xonada mehmonlar yashashi va dam olishi uchun barcha qulaylik yaratilgan. Restoran, kafe, bar, internet klub, kutubxona, 80 o‘rinli konferens-zal xalqaro andozalarga muvofiq jihozlangan",- deyiladi xabarda.

Mehmonxona butunlay bo‘shab qolgan inshoot o‘rnida barpo etilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, zamonaviy mehmonxona barpo etishda "GRAND TOVER" mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z mablag‘i va "Asakabank"ning viloyat filialidan olingan 33 milliard so‘mlik imtiyozli kreditdan foydalangan, "Agrostandartplyus" mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 40 milliard so‘mlik ta’mirlash va jihozlash ishlari bajarilgan.

Yangiliklar lentasi
0