O‘zbekiston FVV Yangi yil bayrami oldidan profilaktik tadbirlar o‘tkazmoqda

© Sputnik / Oleg Smislov / Mediabankka o‘tishYangi yil bayrami
Yangi yil bayrami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar doirasida FVV tomonidan respublikaning shahar va tumanlaridagi barcha umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, madaniyat va istirohat bog‘lari rahbarlari bilan alohida tushuntirish ishlari olib borilmoqda

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yangi yilni kutib olish tadbirlarida turli xil ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida aholi gavjum yig‘iladigan, bayram archalari o‘rnatiladigan barcha obyektlarda, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bunda alohida e’tibor fuqarolar gavjum yig‘iladigan obyektlarga qaratilgan. Mazkur obyektlar ishchi va xodimlari xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tegishli yo‘riqnomalardan o‘tkazilmoqda, favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda va xavfsizlik qoidalari aks ettirilgan eslatmalar tarqatilmoqda.

Jumladan, aholi gavjum yig‘iladigan va bayram tadbirlari o‘tkaziladigan obyektlarda evakuatsiya rejalari mavjudligi, attraksionlarning texnik sozligi, shuningdek, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarga olib boradigan yo‘llar (tunnellar)ning holati o‘rganib chiqilmoqda.

O‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar doirasida FVV tomonidan respublikaning shahar va tumanlaridagi barcha umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, madaniyat va istirohat bog‘lari rahbarlari bilan alohida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

FVV va uning hududiy boshqarmalari tomonidan viloyat, shahar va tumanlar hokimiyatlariga, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, madaniyat va istirohat bog‘lari rahbarlariga bayram o‘tkaziladigan obyektlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish talablariga asosan tayyorlash hamda ishchi va xodimlarni kutilmagan hodisalarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish ishlarida tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0