18:12 21 Aprel 2018
Efir
Devushka stavit novыe avtomobilnыe nomera

1 yanvardan avtomobillarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tadbirkorlarga topshirildi

Sputnik / Taras Litvinenko
Yangiliklar
Havola olish
1733 0 0

Ichki ishlar vazirligi doimiy ravishda tadbirkorlarning texnik koʻrikdan oʻtkazish borasidagi faoliyatini monitoring qilib, samaradorligini tahlil qilib boradi

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. 2019 yil 1 yanvar sanasidan boshlab jismoniy shaxslarning yengil avtomobillarini texnik koʻrikdan oʻtkazish faqatgina tadbirkorlik subʼyektlari — yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bu Oʻzbekiston hukumatining 22 dekabrdagi qarorida koʻzda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, 2018 yil 1 yanvardan yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalarining jismoniy shaxslarning yengil avtotransport vositalarini (yuk, yoʻlovchi va maxsus transport vositalaridan tashqari) majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish funktsiyasi bosqichma-bosqich tadbirkorlik subʼyektlari — yuridik shaxslarga topshiriladi.

Qaror matnida yozilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, hokimiyatlar va Toshkent shahar hokimligi bir oy muddat ichida texnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun tadbirkorlarga toʻlanadigan toʻlovlar miqdorlarini belgilashi lozim. Bunda transport vositasi toifasi hisobga olingan holda yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida differentsiyalangan toʻlov miqdorlari joriy etilishi lozim.

Ichki ishlar vazirligi doimiy ravishda tadbirkorlarning texnik koʻrikdan oʻtkazish borasidagi faoliyatini monitoring qilib, samaradorligini tahlil qilib boradi.

Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston IIV rahbari Poʻlat Bobojonov zimmasiga yuklatilgan.

Asosiy mavzular