Mirziyoyev da’vatidan keyin taniqli olim Qalandar Bobojonov O‘zbekistonga qaytdi

© facebookKalandar Babadjanov - kardioxirurg iz Uzbekistana
Kalandar Babadjanov - kardioxirurg iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olim o‘zining mehnat faoliyati davomida Lusaka (Zambiya)dagi Universitet shifoxonasining Kardiojarrohlik markaziga asos solgan

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Xalqaro tibbiyot doiralarida taniqli bo‘lgan kardiojarroh, tibbiyot fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi Qalandar Bobojonov Vatanga qaytish va yurtdoshlari salomatligi yo‘lida o‘zining kasb faoliyatini davom ettirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda "Jahon" AA.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev xorijdagi o‘zbek shifokorlarini qaytarishni talab qildi
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning xorijdagi yurtdoshlarimizni Vatan ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shishga da’vat etgani keyingi yillar davomida Ukraina tibbiyot fanlari akademiyasining N. Amosov nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi Milliy institutida bosh maslahatchi bo‘lib ishlayotgan shifokorning ana shunday qarorga kelishiga sabab bo‘ldi.

"Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan keng qamrovli islohotlar, shu jumladan, sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘zgarishlar ham yuqori malakali mutaxassisning ushbu qaroriga turtki bo‘ldi", — deyiladi xabarda.

Bobojonov O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Fonten, Glen Biglen operatsiyalari tajribasini, murakkab tug‘ma yurak nuqsoni holatida arterial jarrohlik, yurak-ishemik kasalligi bo‘lgani holatida ishlab turgan yurakda aortokoronar shunt o‘rnatishni amaliyotda qo‘llagan, ya’ni alohida xizmat ko‘rsatgan shifokordir.

U 2002-yili "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi" faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

Olim o‘zining mehnat faoliyati davomida Lusaka (Zambiya)dagi Universitet shifoxonasining Kardiojarrohlik markaziga asos solgan.

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Chet elda ishlayotgan15 nafar shifokor O‘zbekistonga qaytadi
Bobojonov u yerda yurak patologiyasi bilan bog‘liq 200 dan ziyod operatsiyalarni bajargan. Xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi turli patologiyalar holatida ochiq yurakda hammasi bo‘lib 8000 operatsiya o‘tkazgan. Jumladan, mitral va aortal klapanlarni protezlash, ikki klapanli protezlash, Fallo tetradasi kasalligi va boshqa murakkab tug‘ma nuqsonlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirgan.

1986 yili Q. Bobojonov sobiq ittifoq oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga binoan, yurak-qon tomirlari jarrohligi bo‘yicha tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2004-yili esa Ukraina oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga binoan, yurak-qon tomirlari jarrohligi bo‘yicha tibbiyot fanlari doktori bo‘lgan.

U olti nafar fan nomzodini hamda bir nafar fan doktorini tayyorlagan.

Yangiliklar lentasi
0