18:07 21 Aprel 2018
Efir
Qurilish

Bosh prokuratura arzon uylarni sotib olishda firibgarlikka yoʻl qoʻyilganini tasdiqladi

© Sputnik / Maksim Blinov
Yangiliklar
Havola olish
58630

Taʼkidlanishicha, Shayxontohur, Chilonzar va Yakkasaroy tumanlarida bu borada mansab vakolatini suiisteʼmol qilish holatlariga yoʻl qoʻyilgan. Tegishli komissiyalar masʼullari uy-joy ajratish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqishda zimmasiga yuklatilgan masʼuliyatli vazifani toʻlaqonli bajarmagan

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Gulnoza Rahimova Oʻzbekiston axborot agentligi muxbiriga arzon koʻp qavatli uylardan kvartira sotib olishda firibgarliklarga yoʻl qoʻyilgan holatlar boʻlganini tasdiqladi.

Rahimova Toshkent shahrida qurilayotgan uy-joylarni taqsimlashda ayrim qonunbuzarliklar uchragani bilan bogʻliq xabarlarda jon borligini tasdiqlagan.

"Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan qurilayotgan arzon uy-joylarni taqsimlash jarayonini oʻrganishga oid tekshirish oʻtkazildi. Bu jarayonda Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish, yaʼni ish joyi va oylik maoshiga oid hujjatlarda yolgʻon maʼlumotlar aks ettirish kabi holatlar aniqlandi", — degan u.

Taʼkidlanishicha, Shayxontohur, Chilonzar va Yakkasaroy tumanlarida bu borada mansab vakolatini suiisteʼmol qilish holatlariga yoʻl qoʻyilgan. Tegishli komissiyalar masʼullari uy-joy ajratish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqishda zimmasiga yuklatilgan masʼuliyatli vazifani toʻlaqonli bajarmagan.

Shuningdek, ayrim shaxslar fuqarolarga arzon koʻp qavatli uylardan kvartira olib berishni vaʼda qilib, aldov yoʻli bilan pulini olgan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv ishlari olib borilayotgani maʼlum qilingan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Sputnik Oʻzbekiston muxbiri ushbu masala yuzasidan Bosh prokuratura matbuot-xizmati bilan bogʻlanganida, prokuratura vakili bu masala boʻyicha tuman prokuraturasiga murojaat qilish lozimligini taʼkidlagan edi.

Asosiy mavzular