18:10 21 Aprel 2018
Efir
GES

"Oʻzbekenergo" Mirziyoyevga innovatsion gʻoya asosida quriladigan GES loyihasini taqdim qildi

© Sputnik / Igor Ageyenko
Yangiliklar
Havola olish
358 0 0

"Oʻzbekgidroenergo" AJ Mirziyoyevga innovatsion gʻoya va yangi texnologiyalar asosida Pskent, Chorbogʻ gidroelektr stantsiyasini qurish hamda uning barqaror va xavfsiz ishlashini taʼminlash boʻyicha investitsiya loyihasi taqdim qildi

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi "Oʻzbekkimyomash" aktsiyadorlik jamiyatida boʻldi, shu yerda "Oʻzbekenergo" Mirziyoyevga innovatsion gʻoya asosida quriladigan GES loyihasini taqdim qildideb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Mirziyoyev, bir nechta yangi loyihalar bilan tanishgan.

Xususan, "Oʻzbekkimyomash" taqdim etgan yangi loyiha boʻyicha mavjud metall quyish quvvati 1,7 ming tonnadan 4 ming tonnaga oshiriladi. Mahsulot sifati yaxshilanadi, energiya va mehnat resurslari tejaladi.

Prezident Chirchiq shahrini shaharsozlik normalari asosida qayta qurish loyihasi bilan ham tanishgan. "Chirchiq markaziy dehqon bozori" MCHJ rekonstruktsiya qilish loyihasiga koʻra, yangi tipdagi zamonaviy bozor tashkil qilinadi.

Loyihalarda shahar markaziy istirohat bogʻini rekonstruktsiya qilish, "Chirchiq" daryosi boʻyida zamonaviy sayilgoh qurish, Chirchiq davlat pedagogika hamda jismoniy tarbiya institutlarini zamonaviy oʻquv maskaniga aylantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham maʼlumot bor.

"Oʻzbekgidroenergo" AJ Mirziyoyevga innovatsion gʻoya va yangi texnologiyalar asosida Pskent, Chorbogʻ gidroelektr stantsiyasini qurish hamda uning barqaror va xavfsiz ishlashini taʼminlash boʻyicha investitsiya loyihasi taqdim qilgan.

Prezidentga shuningdek, "Chirchiq qishloq xoʻjaligi zavodi" hududida amalga oshiriladigan qishloq xoʻjaligi mashinasozlik sohasini rivojlantirish dasturi haqida maʼlumot berildi.

Mirziyoyevga qishloq xoʻjaligining mashinasozlik sohasida resurs tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etishni taʼminlaydigan zamonaviy, unumdorligi yuqori qishloq xoʻjaligi texnikasi va mexanizatsiya vositalarini ishlab chiqarish yuzasidan qilinadigan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Davlat rahbari sanoat tarmoqlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar yaqin yillarda oʻz samarasini berishini taʼkidladi.

Asosiy mavzular