18:09 21 Aprel 2018
Efir
Uzbekskiye stariki

Markaziy Osiyoda eng uzoq yashaydigan xalq - oʻzbekistonliklar ekanligi aytildi

© Flickr / Fulvio Spada
Yangiliklar
Havola olish
26520

Odamlar yosh tizimidagi bunday oʻzgarishlar koʻp jihatdan umr koʻrish davomiyligi ortgani va oʻlim miqdorining kamaygani bilan izohlangan

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Markaziy Osiyo mamlakatlarida umr koʻrish davomiyligi boʻyicha Oʻzbekiston birinchi oʻrinda qayd etildi. Bu haqidagi maʼlumotlar Xalqaro aloqalar boʻyicha Qozogʻiston kengashi tomonidan taqdim etilgan "Markaziy Osiyoda 2018 yildagi eng muhim voqealar" tahliliy materialidan oʻrin oldi, deb yozadi "Xalq soʻzi" nashri.

Xabarga koʻra, Oʻzbekistonda yosh koʻrsatkichi 73,8, Tojikistonda 73,7, Qozogʻistonda 72,4, Qirgʻizistonda 70,9 va Turkmanistonda 70,4 yoshga teng boʻlishi kutilayapti. Oʻz navbatida hayot uzviyligi boʻyicha mazkur muddat Markaziy Osiyo davlatlarida 90-yillardagiga nisbatan uzaygani ham maʼlum boʻldi.

Shuningdek, manbada keltirilishicha, oʻtgan yilda mintaqa aholisi soni 70 millionlik marrani ortda qoldirdi. Odamlar yosh tizimidagi bunday oʻzgarishlar koʻp jihatdan umr koʻrish davomiyligi ortgani va oʻlim miqdorining kamaygani bilan izohlangan.

Qolaversa, joriy yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarida bolalar soni ortishi taʼkidlab oʻtilgan. Masalan, oʻtgan yil boshida 14 yoshgacha boʻlgan yosh avlod vakillari qariyb 20,5 millionga yetib, umumiy aholining 29 %ini tashkil etgan. Joriy yilda esa bu koʻrsatkich aholining oʻrtacha koʻpayish surʼatlari saqlanib qolgan holda 30 %ga yetishi prognoz qilinayapti.

Asosiy mavzular