18:08 21 Aprel 2018
Efir
Ministerstvo oboronы Respubliki Uzbekistan  ustroila aktsiyu v ramkax organizovannogo avtoprobega kolonnы avtomobiley voyennogo vremeni

Mirziyoyev 14-yanvarni haqiqiy xalq bayrami sifatida nishonlashga topshiriq berdi

© podrobno.uz
Yangiliklar
Havola olish
59422

Vatan himoyachilari kunini rasmiyatchilikdan xoli, koʻtarinki va taʼsirchan ruhda, haqiqiy xalq bayrami sifatida, yangicha shaklda tashkil etish zarur, dedi Mirziyoyev

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Endilikda Oʻzbekistonda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni haqiqiy xalq bayrami sifatida nishonlanadi, bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 yanvar kuni oʻtkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishida maʼlum qildi.

"Vatan himoyachilari kunini nishonlash masalasiga alohida toʻxtalib oʻtish lozim, deb hisoblayman.

Maʼlumki, hozirga qadar biz ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahrida respublika miqyosida tantanali bir tadbir oʻtkazish bilan cheklanar edik. Bunday tajriba endi eskirib qoldi va undan voz kechish vaqti keldi, deb oʻylayman.

Bu masalaning hayotimizdagi oʻta muhim, aytish mumkinki, hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, Vatan himoyachilari kunini rasmiyatchilikdan xoli, koʻtarinki va taʼsirchan ruhda, haqiqiy xalq bayrami sifatida, yangicha shaklda tashkil etish zarur.

Bunday tadbirlarni ayniqsa hududlarda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda harbiy-maʼmuriy sektorlar — mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirokida, yuksak saviyada oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratish darkor", — dedi prezident.

Asosiy mavzular