18:00 19 Iyul 2018
Efir
  • RUB124.54
  • EUR9100.06
  • USD7787.81
Shavkat Mirziyoyev na rasshirennom zasedanii Soveta bezopasnosti pri Prezidente Respubliki Uzbekistan

Mirziyoyev Mudofaa vazirligidagi ommaviy ishdan boʻshatishlar haqida gapirdi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Yangiliklar
Havola olish
95920

Prezident ayni paytda, qoʻyilgan talablarga javob bermayotgan va qoʻshinlar bilan faol ishlashdan oʻzini chetga olgan 40 ga yaqin harbiy xizmatchi mudofaa vaziri tomonidan ishdan boʻshatilgani, 36 nafarining lavozimi pasaytirilgani haqida maʼlum qildi

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mudofaa vazirining tavsiyasiga binoan, vazirning ikkita oʻrinbosari, Qurolli Kuchlar akademiyasi rahbari va Chirchiq harbiy bilim yurti boshligʻini lavozimidan ozod qilgani haqida maʼlum qildi.

"Harbiy boshliqlar tepadan buyruq kutib oʻtirishga oʻrganib qoldi. Yana bir bor takrorlab aytaman: har bir komandir va qoʻmondon oʻz harbiy qismi va okrugining sharoitidan, mavjud jangovar vaziyatdan kelib chiqqan holda, tezkorlik bilan har tomonlama asoslangan, mustaqil qaror qabul qilishga qodir boʻlishi shart", dedi prezident va hozirgacha harbiy okrug qoʻshin qoʻmondoni vazifasini vaqtincha bajarib kelayotganlardan biri bu lavozimga tasdiqlanmaganini aytdi.

Prezident shuningdek, ayni paytda, qoʻyilgan talablarga javob bermayotgan va qoʻshinlar bilan faol ishlashdan oʻzini chetga olgan 40 ga yaqin harbiy xizmatchi mudofaa vaziri tomonidan ishdan boʻshatilgani, 36 nafarining lavozimi pasaytirilgani haqida maʼlum qildi.

Mirziyoyevga koʻra, ommaviy ishdan boʻshatishlar birinchi navbatda, sohada harbiy kadrlar faoliyatini aniq baholashning reyting tizimi mavjud emasligini, oqibatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish ishlari qoniqarsiz ekanini koʻrsatadi.

"Mana shu va boshqa mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tizimda barcha ishlarni zamon talablari darajasida tashkil etish, harbiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida men Bosh shtab boshligʻi hamda barcha harbiy okrug qoʻmondonlarini yangitdan tayinladim.

Shu munosabat bilan barchangizni ogohlantirib aytmoqchiman: 2018 yil sizlar uchun katta sinov yili boʻladi. Nega deganda, har qaysi okrug oldida turgan vazifalar, mavjud tahdid va xavf-xatarlar bir-biriga oʻxshamaydi. Buni har qaysi rahbar chuqur bilishi va oʻz faoliyati uchun zarur xulosa chiqarib olishi darkor", — dedi Oʻzbekiston rahbari.

Asosiy mavzular