14:31 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Studentы v auditorii

Oʻzbekistonda 600ga yaqin talaba kontrakt pulini toʻlolmay oʻqishni tashlagan

Sputnik / Vitaliy Ankov
Yangiliklar
Havola olish
796 0 0

2016 yilning 1 noyabridan 2017 yilning 1 noyabriga qadar bakalavr bosqichi talabalarining 8 ming 582 nafari oliy taʼlim muassasasidan ketgan

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda bir yilda 600 nafar talaba kontrakt pulini toʻlolmagani uchun oʻqishni tashlashga majbur boʻlgan, deb xabar qilingan Oʻzbekiston Hukumati portalida.

"Har yili mamlakatimizdagi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan talabalarning maʼlum qismi turli sabablarga koʻra oʻqishdan chetlashtiriladi yoki oʻqishni tashlashga majbur boʻladi", — deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasining rasmiy saytidagi maʼlumotlarga koʻra 2016 yilning 1 noyabridan 2017 yilning 1 noyabriga qadar bakalavr bosqichi talabalarining 8 ming 582 nafari oliy taʼlim muassasasidan ketgan.

Ulardan 2 ming 25 nafari oʻzlashtirolmaganligi sababli, 410 nafari kasalligi tufayli, 600 nafari kontrakt toʻlovini toʻlolmagani uchun, 2 ming 980 nafari oʻqishni boshqa oliy taʼlim muassasasiga koʻchirganligi bois hamda 2 ming 567 nafari boshqa sabablarga koʻra oʻqishdan ketgan.

Asosiy mavzular