O‘zbekiston g‘alaba bilan qaytgan futbolchilarni qahramonlardek kutib oldi

© Sputnik / /Ramiz BaxtiyarovAvtomobilisti ustroili kortej, soprovojdaya avtobus s futbolistami
Avtomobilisti ustroili kortej, soprovojdaya avtobus s futbolistami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Xitoydagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbek futbolchilariga Prezident sovg‘asi - Malibu avtomobillari topshirildi

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. 28-yanvar kuni "O‘zbekiston" mehmonxonasida Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi sportchilarni sharaflashga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. 

Shu munosabat bilan bu yerga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilarning ota-onalari, yaqinlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari yig‘ildi.

O‘zbekiston futbolchilari 1994-yil Xirosimada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida va 2011-yil Eronda o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

Odiljon Xamrabekov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston U23 terma jamoasi – Osiyo Chempioni
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov OFK tomonidan musobaqaning eng foydali futbolchisi, deb topildi. Unga Toyota kompaniyasi tomonidan 20000 AQSh dollari miqodorida mukofot puli berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo chempionatida ulkan g‘alabaga erishgan yosh futbolchilarga o‘zining samimiy tabrigini yo‘llab, ularning qo‘lga kiritgan natijasiga quyidagicha ta’rif berdi:

"Sizlar qo‘lga kiritgan mislsiz bu g‘alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch bag‘ishlab, O‘zbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Bu ulkan zafar, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi millionlab yoshlarni mardlik va matonat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shadi.

© Sputnik / /Ramiz BaxtiyarovTisachi lyudey s flagami vistroilis vdol dorogi, vstrechaya chempionov Azii
Tisachi lyudey s flagami vistroilis vdol dorogi, vstrechaya chempionov Azii - Sputnik O‘zbekiston
Tisachi lyudey s flagami vistroilis vdol dorogi, vstrechaya chempionov Azii

El-yurtimiz sizlar kabi mard va jasur, fidoyi o‘g‘lonlari bilan, yurtimizning haqiqiy qahramonlari bilan faxrlanadi".

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zga chiqdi.

© Sputnik / /Ramiz BaxtiyarovTisachi lyudey s flagami vistroilis vdol dorogi, vstrechaya chempionov Azii
Tisachi lyudey s flagami vistroilis vdol dorogi, vstrechaya chempionov Azii - Sputnik O‘zbekiston
Tisachi lyudey s flagami vistroilis vdol dorogi, vstrechaya chempionov Azii

Shu kunning o‘zida chempionlarimizga Prezidentimiz sovg‘asi — avtomobillari topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0