02:12 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
SSHA peredayut Respublike Uzbekistan oborudovaniye po uskorennoy diagnostike tuberkuleza

Amerika Oʻzbekistonga silni tezkor aniqlash laboratoriya uskunalarini taqdim etdi

© Posolstvo SSHA v Uzbekistane
Yangiliklar
Havola olish
204 0 0

Bugun AQSH Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga sil kasalligini tezkor tashxislash zamonaviy uskunalarini taqdim etdi

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. AQSH Oʻzbekistonga silni tezkor aniqlash laboratoriya uskunalarini taqdim etdi, deb xabar qildi Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi elchixonasi matbuot-xizmati.

Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida boʻlib oʻtgan taqdimot marosimida Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Markaziy Osiyo Mintaqaviy direktor oʻrinbosari Sara Uolter xonim va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari d-r Liann Kuppens, Sogʻliqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi d-r Asilbek Ahmadjonov ishtirok etdi.

AQSH hukumati tomonidan taqdim etilayogan qoʻllanilishi oson boʻlgan toʻrt toʻplam Xpert MTB/RIF silni tezkor tashxislash uskunalari tibbiyot muassasalariga sil kasalligini aniqlash vaqtini sakkiz haftadan ikki soatgacha qisqartirish imkonini beradi. Sil kasalligini erta tashxislash tibbiyot muassasalariga aholini oʻz vaqtida davolash, bemorlarning toʻliq tuzalishi va kasallik tarqalishi oldini olishga imkon yaratadi.

"Amerika Qoʻshma Shtatlari ilgʻor tibbiy texnologiyalar ishlab chiqarishda yetakchi davlat hisoblanadi, ushbu uskunalarni yetkazib berishdagi yordamimiz esa Oʻzbekiston xalqining sogʻligi va farovonligini oshirish yoʻlidagi izlanishlarni doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlashga sodiqligimizni namoyon etadi", — deya taʼkidladi Uolter xonim.

USAID sil kasalligini tezkor tashxislash maxsus tibbiy uskunalarini JSST va KNCV Tuberculosis Foundation jamgʻarmasi hamkorligida tadbiq etilayotgan "Challenge TB" loyihasi orqali amalga oshirdi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 27 ta Xpert MTB/RIF uskunasi qoʻllanilmoqda, ular orasida 2014 yilda USAID tomonidan taqdim etilgan toʻrtta uskuna ham mavjud.

Asosiy mavzular