O‘zbekistondagi qator universitetlar o‘rtasida masofaviy ta’lim tizimi yaratildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishAuditoriya vuza
Auditoriya vuza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident topshirig‘iga ko‘ra bir qator universitetlar o‘rtasida masofaviy ta’lim tizimi yaratildi

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz shahridagi bo‘linmalari, shuningdek Termiz davlat universitetining Denovdagi filiallarini bog‘laydigan, optik aloqa tarmoqlariga asoslangan videokonferentsaloqa tizimi ishga tushirildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

Ta’kidlanishicha, "O‘zbektelekom" AK tomonidan tezkor va sifatli internetga asoslangan videokonferensaloqa tizimi uchun zarur dasturiy va tashkiliy ta’minotlar majmui ishlab chiqildi. Oltita obyektni qamrab olgan bu tizim 24 ta maxsus kompyuter, 24 ta veb-kamera va mikrofonlar va maxsus rusumdagi 48 ta dinamiklar, 48 ta keng formatli ekranlardan iborat.

Natijada, bu hududda tahsil olayotgan yoshlar poytaxtda, qolaversa jahonning boshqa mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan peshqadam professor-o‘qituvchilar, ekspertlardan ta’lim olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, joriy tizim yangi bilim va tajribalarni tezkor yetkazish, boshqa universitetlar bilan ulanish va tajriba almashish, ta’limning iqtisodiy samaradorligini oshirish, o‘quv jarayonida audio-video, animatsiya, grafikalardan keng foydalanish, nazariyani amaliyot bilan taqqoslash hamda ixtisosliklar bo‘yicha qisqa kurslarni tashkil qilish imkonini beradi.

Masofaviy ta’lim tizimi orqali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, tinglovchilar uchun masofaviy malaka oshirish imkoniyatini yaratish, ta’limning turli interaktiv shakllarini bir-biriga yaqinlashtirishga erishish mumkin.

Bugungi kunda xorijda masofaviy ta’limdan shaxsiy reja asosida uydan turib bilim olish, universitet tomonidan tayyorlangan videodarslardan foydalanish, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, shuningdek bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha tarzda boshqa yo‘nalishlarda ta’lim olish va shaxsiy qiziqishlari bo‘yicha salohiyatini oshirish tajribasi keng tatbiq qilinmoqda. Yurtimiz ta’lim muassasalarida joriy qilinayogtan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi ham kelajakda bu kabi imkoniyatlardan foydalanishga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0