05:43 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii

Oʻzbekiston hududida bolalarni oʻgʻirlaydigan jinoiy guruhlar yoʻq - IIV

AP Photo
Yangiliklar
Havola olish
525 0 0

Ilgariroq Oʻzbekistondagi ijtimoiy tarmoqlarda bolalarni ularning organlarini olish uchun oʻgʻirlayotgan jinoyatchilar paydo boʻlgani haqida xabar paydo boʻlgan edi

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi bolalarni organlar uchun oʻgʻirlayotgan jinoiy guruhlar paydo boʻlgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda bolalarni oʻgʻirlash bilan bogʻliq bir nechta holat yuz bergani, yaqinda paydo boʻlgan jinoiy guruh bolalarni organlar uchun oʻgʻirlayotgani haqidagi vahimali xabarlar paydo boʻlgan edi. Fargʻona viloyatida sodir boʻlgan besh yashar qizaloqning oʻldirilishi bunga misol tariqasida keltirilayotgan edi.

Ammo IIV ushbu mish-mishlarni inkor etdi, va bu xabar haqiqatga mos kelmasligini taʼkidladi.

"Oʻzbekiston hududida bolalarni oʻgʻirlash bilan shugʻullanadigan jinoiy guruhlar yoʻq. Fargʻonada vafot etgan qizaloqning barcha organlari oʻz joyida, organlarning olinganligi yoki koʻchirib oʻtkazilgani izlari mavjud emas", — deb taʼkidlagan vazirlik.

Oʻzbekistonda goh-gohida bolalar organlar uchun oʻgʻirlanayotgani haqidagi mish-mishlar paydo boʻlib turadi, ammo bu xabarlar oʻz tasdigʻini topmaydi. Shu bilan birga, oʻz farzandlarini maʼlum summaga sotishga rozi boʻlgan ota-onalar haqidagi xabarlar berilib boriladi.

Yanvar oyining oxirida Fargʻona viloyatida bolalar savdosi bilan bogʻliq ikki hodisaning oldi olingan. Birinchi holatda ona oʻzining uch oylik zurriyodini 13 ming dollarga pullamoqchi boʻlgan boʻlsa, ikkinchi holatda — uch yashar bola uchun yetti ming dollar soʻragan.

Asosiy mavzular