05:41 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Videooperatorы vo vremya sʼyemki

Oʻzbekiston "jurnalist" tushunchasiga aniqlik kiritdi

© Pravitelstvo Kыrgыzskoy respubliki
Yangiliklar
Havola olish
36110

Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtmagan holda ommaviy vositalarni tarqatganlar OAV sifatida tan olinmaydi va bundaylar qonuniy javobgarlikka tortiladi

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Oliy Majlis qonunchilik palatasida "Ommaviy axborot vositalari" va "Jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish" qonunlariga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlarni muhokama qilish yakunlandi, deb xabar qilingan "Norma" nashrida.

Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtmagan holda ommaviy vositalarni tarqatganlar OAV sifatida tan olinmaydi va bundaylar qonuniy javobgarlikka tortiladi.

Endilikda "jurnalist" tushunchasiga tuzatishlar kiritildi.

OAVlar bilan mehnat shartnomasiga ega shaxslargina emas, balki ular bilan shartnomas asosida hamkorlik qilayotganlar ham jurnalist deb ataladigan boʻldi.

Jurnalistlar tomonidan bajariladigan funktsiyalar ham toʻldirilgan. Endilikda tahrir, tarqatish va OAVlar uchun xabarlarni tayyorlash va ularni tarqatish bilan shugʻullanadigan shaxslar ham jurnalist hisoblanadi.

OAVlar tomonidan yuborilgan murojaatlarga javob berish muddati 7 kun etib belgilandi.

Shuningdek, jurnalistlar hamjamiyati uchun professional etika qoidalari amal qiladi.

Taʼkidlanashicha, jurnalistlar uchun moʻljallangan professional etika qoidalari OAVlarning oʻzi tomonidan aniqlanadi. Etika qoidalariga amal qilmaganlik uchun javobgarlik choralari belgilanmagan. Ushbu hujjat qonunchilik jarayonidagi keyingi bosqichlardan oʻtkazilayotgani qoʻshimcha qilingan.

Asosiy mavzular