O‘zbekiston o‘z sun’iy yo‘ldoshini ishga tushirishni rejalashtirmoqda

© Foto : Roscosmos/Alexander MisurkinPrichalivanie i stikovka korablya "Soyuz MS-07" k MKS
Prichalivanie i stikovka korablya Soyuz MS-07 k MKS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus guruh yo‘ldoshli aloqa milliy tarmog‘ini yaratish, kosmonavtika yutuqlarini tatbiq etish, potensial xorijiy hamkorni davlat-xususiy sherikchilik shartlarida jalb etgan holda kosmik va yo‘ldoshli texnologiyalar sohasida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha aniq takliflarni tayyorlaydi

TOShKENT, 14 fev — Sputnik.  O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishi e’lon qilindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasiga kiritilgan.

Xalqaro kosmik stansiya - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya kosmik lazer sinovini o‘tkazadi
Xabarga ko‘ra, tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash uchun hujjat bilan maxsus Ishchi komissiya tuzildi. Uni Bosh vazir o‘rinbosari S. Xolmurodov boshqaradi.

Guruh kosmik faoliyat iqtisodiy o‘sishning lokomotivlaridan biriga, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishning qo‘shimcha omiliga aylangan kosmik tarmoqda rivojlanishga erishgan mamlakatlarning tajribasini o‘rganadi;

kosmik va yo‘ldoshli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarning texnik-iqtisodiy parametrlarini kompleks tahlil qiladi, mazkur texnologiyalar, unga bog‘liq bo‘lgan asbob-uskuna va dasturiy mahsulotlarning infratuzilmasi va xususiyatlarini o‘rganadi;
o‘rganish natijalari asosida kosmik va kompleks texnologiyalarni joriy etish, shu jumladan kosmik va yo‘ldoshli tadqiqotlar sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish, kosmik tarmoqni boshqarishning yaxlit tizimini yaratishning asoslangan konsepsiyasini ishlab chiqadi;

Koinotni o‘rganishga moslashgan radio teleskop - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston birgalikda kosmosdan hayot qidirishadi
yo‘ldoshli aloqa milliy tarmog‘ini yaratish, kosmonavtika yutuqlarini tatbiq etish, potensial xorijiy hamkorni davlat-xususiy sherikchilik shartlarida jalb etgan holda kosmik va yo‘ldoshli texnologiyalar sohasida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha aniq takliflarni tayyorlash;

mahalliy ishlab chiqaruvchilar va moliyaviy mablag‘larni kosmik va yo‘ldoshli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun keng jalb etishni ta’minlaydi;

xalqaro va xorijiy moliya instituti-donorlar bilan kosmik va yo‘ldoshli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishning istiqbollariga tegishli masalalarni muhokama qiladi va kelishib oladi.

Natijalar bo‘yicha 2 oylik muddatda prezident devoniga aniq takliflar bilan tahliliy ma’lumotnomani, shuningdek qo‘yilgan vazifalarni amaliy ro‘yobga chiqarishga qaratilgan meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritadilar.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 12.02.2018 yildan kuchga kirdi.

Yangiliklar lentasi
0