09:18 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
386 0 0

Toshkent ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari zimmasiga yangi vazifalar yuklandi

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Toshkentdagi profilaktika inspektorlari biriktirilgan hududdagi shaxslarni oʻrganadilar, deyiladi Hukumat portalida eʼlon qilingan Oʻzbekiston prezidenti tomonidan imzolangan yangi Qarorda.

Hujjatga koʻra, Toshkent shahri ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari zimmasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vazifalar bilan bir qatorda, yangi vazifalar yuklatilishi nazarda tutilgan.

Xususan, profilaktika inspektorlari endilikda biriktirilgan hududda istiqomat qiluvchi shaxslarni oʻrganish va kelgusida ularning har biriga gʻayriijtimoiy yoki boshqa huquqqa xilof xulq-atvor ehtimoli nuqtai nazaridan individual tashxis qoʻyish hamda profilaktik ahamiyatga ega taʼsirchan choralarni koʻrish huquqiga ega boʻladilar.

Shuningdek, mahallada kriminogen vaziyatni yaxshilashning eng muhim omili sifatida biriktirilgan hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish va aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan choralarni amalga oshiradilar.

Asosiy mavzular