Vazirlik va idoralar rahbarlarining virtual qabulxonalari yopilmoqda

© Sputnik / StringerSayt virtualnoy priyemnoy prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva
Sayt virtualnoy priyemnoy prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endi vazirlik va idoraning rahbariyatiga O‘zbekiston prezidentining virtual qabulxonasining "Vazirliklar va idoralarga murojaatlarni yuborish va qabul kunlari" bo‘limi orqali murojaat etish mumkin

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Davlat organlari va yirik xo‘jalik birlashmalarining rasmiy saytidagi virtual qabulxonalar yopilmoqda. Vazirlik va idoralar rahbariyatiga endi O‘zbekiston prezidentning Virtual qabulxonasi orqali murojaat etish mumkin bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Sayt virtualnoy priyemnoy prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Prezident virtual qabulxonasi onlayn ishlaydi
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Davlat bojxona qo‘mitasi raisning virtual qabulxonasi 2018-yilning 24-fevralidan yopilishi haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda "Intellektual mulk agentligi bosh direktorining virtual qabulxonasi" tizimining faoliyati to‘xtatilishi to‘g‘risidagi ma’lumot Agentlikning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Shuningdek, 25-fevral sanasidan boshlab "O‘zbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisining virtual qabulxonasi o‘z ishini to‘xtatadi. Bu haqdagi e’lon kompaniyaning rasmiy saytida joylashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xuddi shu mazmundagi ma’lumotlar boshqa vazirlik va idoralarning rasmiy saytlarida shu kunlarda paydo bo‘ladi.

Endi vazirlik va idoraning rahbariyatiga Respublika Prezidentining Virtual qabulxonasining "Vazirliklar va idoralarga murojaatlarni yuborish va qabul kunlari" bo‘limi orqali murojaat etish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0