Bayram to‘ydek o‘tadi: ko‘hna Samarqand Navro‘zni nishonlashga shay

© Sputnik / Mixail GenisSamarkand
Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sayllar o‘tkaziladigan hududlarda bayram yarmarkalari tashkil qilinadi. Shuningdek, milliy taom - palov va sumalak tayyorlanadi. Yoziladigan bayram dasturxonlariga nuroniylar, mehnat faxriylari taklif etiladi

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Samarqand shahrida Navro‘z umumxalq bayrami hududlarda umumxalq sayli tarzida barcha xiyobonlar, istirohat bog‘lari, sayilgohlarda, mahallalar va korxona-tashkilotlarda yuqori saviyada tashkil etilishi belgilangan, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Samiy bolshoy sumalyak - Sputnik O‘zbekiston
Navro‘zga besh tonnalik sumalak tayyorlanmoqda
Ayni paytda Samarqand shahri ko‘cha va xiyobonlarini kezsangiz, bayram sayillari o‘tadigan hududlarda mazkur ezgulik ayyomiga tayyorgarlik ishlari yuksak darajada olib borilayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Navro‘z bayrami ertalab yangragan karnay-surnay sadolari, ajoyib kuy-qo‘shiqlar Samarqand ahli va mehmonlarni Navro‘z sayliga chorlaydi. Shu kuni "Yoshlik" madaniyat va istirohat bog‘ida bayram va ko‘klam mavzusiga doir teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etiladi, badiiy va havaskorlik jamoalari, san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi ishtirokchilar e’tiboriga havola qilinadi.

© Gazeta "Zarafshon"Navruz-2018 v Samarkande
Navruz-2018 v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Navruz-2018 v Samarkande

Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududidagi bayram tadbirlarida non, kitob va gul sayllari, she’rxonlik ya’ni mushoira o‘tkaziladi, san’atkorlar ijrosida milliy mumtoz qo‘shiqlar kuylanadi, milliy taomlar va urf-odatlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Shuningdek, badiiy havaskorlar ijrosida konsert dasturi, bayram mavzusini o‘zida jamlagan sahna ko‘rinishlari namoyish qilinadi.

Milliy sport o‘yinlari va musobaqalar Rudakiy maydonida tashkil etiladi. Alisher Navoiy ko‘chasidagi bayram saylida konsert dasturi namoyish qilinadi. Mustafo Kamol Otaturk ko‘chasida esa o‘ziga xos ta’m va iforga ega bo‘lgan Samarqand noni bilan bog‘liq "Samarqand non sayli" tadbiri o‘tkaziladi. Uning doirasida Samarqandning olamga mashhur nonlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
IIV Navro‘z kunlarida xavfsizlik choralarini ta’minlash kuchaytirilganini bildirdi

Ruhobod maydonida esa maktab o‘quvchilari o‘rtasida varrak uchirish musobaqasi o‘tkaziladi. Shuningdek, bu yerga tashrif buyurganlar taniqli bastakor Sulton Alining konsert dasturidan, cholg‘u orkestri chiqishlaridan bahramand bo‘ladi. Yo‘lbarslar xiyoboni va Musiqali favvora atrofida ham badiiy havaskorlik jamoalarining ajoyib konsert dasturlari namoyish etilib, bir umr xotirada muhrlanadigan bayram tomoshalari bo‘ladi.

Viloyat musiqali drama teatri oldidagi sahnada san’at ustalari, badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokida konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar bo‘ladi, gul sayli o‘tkaziladi. Shu yerdagi musiqali favvora hududida bayram qatnashchilari e’tiboriga konsert dasturi havola qilinadi.

Islom Karimov ko‘chasida bo‘lib o‘tadigan "Yaxshidan bog‘ qoladi" g‘oyasi ostidagi bayram saylida ham san’atkorlar va badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokida konsert dasturi namoyish etiladi. Mahallalarda istiqomat qiluvchi hunarmandlarning yarmarkalari o‘tkaziladi.

So‘lim, Kimogarlar va Farhod qo‘rg‘onlaridagi bayram tadbirlarida ham ishtirokchilar e’tiboriga konsert dasturlari, san’atkorlarning chiqishlari havola etiladi.

Prazdnovanie musulmanskogo prazdnika Navruz - Sputnik O‘zbekiston
Navro‘z: ezgulik va sadoqat bayrami butun dunyoda qanday nishonlanadi?
Sayllar o‘tkaziladigan hududlarda bayram yarmarkalari tashkil qilinadi. Shuningdek, milliy taom — palov va sumalak tayyorlanadi. Yoziladigan bayram dasturxonlariga nuroniylar, mehnat faxriylari taklif etiladi.

Bayram kunlari kam ta’minlangan, ko‘makka muhtoj insonlar, yakka-yolg‘iz keksalar holidan xabar olinib, ularga moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Aziz yurtdoshlar, shahrimizda o‘tkazilayotgan bayram sayllarida oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz bilan ishtirok eting. Zero, bayram yurtdoshlarimizning ahilligi, shodu xurramligi bilan yanada fayzli o‘tadi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0