01:31 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
13810

"Xyuman Rayts Votch" vakili Oʻzbekistonda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar doirasida muhim ijobiy oʻzgarishlar koʻzga tashlanayotgani va bu jahon hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilayotganini taʼkidladi

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. Oʻzbekiston IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasida "Xyuman Rayts Votch" ofisining Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Stiv Sverdlov va xalqaro tashkilot ofisining Qozogʻiston Respublikasi boʻyicha maslahatchisi Viktoriya Kim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Taʼkidlanishicha, mehmonlarni Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Qutbidin Burxonov qabul qilgan.

General-mayor Burxonov mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, Oʻzbekistonda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jabhalarda keng koʻlamli islohotlar, yangilanishlar amalga oshirilayotganini taʼkidlagan. Xalq farovonligi, yurt tinchligini taʼminlashga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini toʻlaqonli va samarali himoya qilishga qaratilgan mazkur islohotlar natijasi, avvalo, mamlakatimiz ichki ishlar organlari faoliyatida yaqqol koʻzga tashlanayotganini qayd etgan.

Oʻz navbatida, Stiv Sverdlov iliq va samimiy qabul uchun minnatdorchiligini bildirgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar doirasida muhim ijobiy oʻzgarishlar koʻzga tashlanayotgani va bu jahon hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilayotganini taʼkidlagan.

Teglar:
TIV, Oʻzbekiston, Human Rights Watch

Asosiy mavzular