16:13 19 May 2019
Efir
  • RUB129.74
  • EUR9501.05
  • USD8458.16
Smena karaula v Ispravitelnoy kolonii

Noqonuniy migratsiyani tashkillashtirgani uchun oʻzbek va qozoq koloniyaga joʻnatildi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Yangiliklar
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)
57710

Yovuz niyatli shaxslar yordami bilan Rossiyaga kirish taʼqiqlangan Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning toʻqqiz nafar fuqarosi Qozogʻiston chegarasi orqali Rossiyaga kirib borishgan. Noqonuniy migratsiya tashkilotchilari oʻz xizmatlari uchun 300 ming rubldan koʻproq mablagʻ olganlar

TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Chelyabinsk viloyati Varnenskiy tuman sudi Rossiyaga noqonuniy migratsiyani tashkillashtirish bilan shugʻullangan Qozogʻiston va Oʻzbekistonning ikki nafar fuqarosini 2 va 3 yilga koloniyaga mahkum etdi.

"Ular RF JK 322 modda ikkinchi qismi "a" bandida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Sud tomonidan sheriklarga umumiy rejimdagi axloq tuzatish koloniyasida jazoni oʻtash koʻrinishida 2 va 3 yillik ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan", — deb xabar qilmoqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot-xizmati.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, sheriklar 2016-2017 yillarda pul evaziga Rossiyaga kirish taʼqiqlangan Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning toʻqqiz nafar fuqarosiga Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy kirib kelishni tashkillashtirib berganlar.

Ayblanuvchilar RF noqonuniy kirib borishni xohlovchilarni topishgan va ularni Qozogʻiston chegarasiga olib kelishgan. U yerda noqonuniy migrantlar kesib oʻtish joyi va qoidalari haqida tegishli koʻrsatmalarni olgan, shuningdek, maxfiylik va Rossiya hududiga kirib borgandagi keyingi harakatlari haqida ogohlantirilgan. Shundan soʻng ular Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga olib oʻtilgan.

Koʻrsatilgan xizmatlar uchun noqonuniy migratsiya tarafdorlari yovuz niyatli shaxslarga 300 ming rubldan ortiq mablagʻ toʻlaganlar.

Prokuratura xabariga koʻra, noqonuniy odam tashuvchilar faoliyati oʻtgan yilning may oyida fosh qilingan.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)
Teglar:
migrant, noqonuniy migratsiya, deport, taʼqiq, Rossiya, Qozogʻiston

Asosiy mavzular