Turdenev lunoxod yasashda yordam bergan o‘zbeklar hamda ilk fazogir Yuriy Gagarin haqida

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVladimir Turdenev, diplomat
Vladimir Turdenev, diplomat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan 57-yil muqaddam sovet kishisi ilk bor fazoga ko‘tarilgan edi. Shu voqelik tufayli sovet olimlarining dong‘i butun dunyoga taraldi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirda rossiyalik diplomat tomonidan koinotni zabt etishga hissa qo‘shgan o‘zbek olimlari mehnati ham yodga olindi

TOShKENT, 12 apr — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bundan ellik yetti yil muqaddam 1961-yil 12-aprel sanasida sovet kishisi ilk bor fazoga ko‘tarilgan. Shu munosabat bilan har yilning 12-apreli xalqaro aviatsiya va kosmonavtika kuni sifatida nishonlanadi. O‘zbekiston poytaxtida ham bugun ushbu sanaga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov12 aprelya otmetili v Tashkente
12 aprelya otmetili v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
12 aprelya otmetili v Tashkente

Tadbir Chilonzor tumani Yuriy Gagarin haykali joylashgan hududda soat 10da boshlanishi kerak edi. Ammo quyoshli ob-havo tufayli ertalabdan Gagarin haykali atrofi odamlar bilan gavjum edi: mahalliy hokimiyat vakillari, uchuvchilar formasidagi ko‘kraklari medallarga burkangan faxriylar, qo‘llarida gul ushlagancha tadbir boshlanishini intiqlik bilan kutib turgan maktab o‘quvchilari, odamlarga va formali kishilarga hayrat to‘la ko‘zlari bilan boqayotgan bog‘cha tarbiyalanuvchilari hamda jamoatchilik vakillari yig‘ildilar.

© Ramiz Baxtiyarov12 aprelya, Tashkent
12 aprelya, Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
12 aprelya, Tashkent

Tadbirda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Turdenev so‘zga chiqdi.

"Ellik yetti yil muqaddam insoniyat vakili ilk bor fazoga ko‘tarildi. Bu umumbashariyatga tegishli voqelik, koinot bayrami, butun yer sharini birlashtirgan olamshumul voqea bo‘lgan edi. Shunday qilib fazo biz uchun orzudan vaqtincha qo‘nim topib turgan bir hududga aylandi", — dedi diplomat va "ilk bor fazoga qadam qo‘ygan kishilar insonlar xotirasida abadiy saqlanajak", deya qo‘shimcha qildi.

Lotchik-kosmonavt V. Djanibekov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston farzandi, kosmonavt Jonibekov 75 yoshni qarshi oldi
"Ilk bor fazoga qadam qo‘yganlar hamisha xotiramizda bo‘ladi va fazoga ilk qadamni qo‘ygan birinchi inson — Yuriy Alekseyevich Gagarin — sovet ittifoqi fuqarosi bo‘lganligidan faxrlanamiz", — dedi diplomat o‘sha davrda SSSR umumiy vatanimiz bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Rossiya elchisi shuningdek, o‘zbekistonliklarning kosmosni o‘zlashtirish borasida qo‘shgan ulkan hissalarini e’tirof etib o‘tdi.

"Solijon Sharipov 203 kunni kosmosda o‘tkazgan va ikki marta ochiq fazoga chiqqan. Shuningdek, Vladimir Jonibekov — eng malakali fazogir-uchuvchi, 5-marta kosmik ekipajga rahbarlik qilgan", — dedi u.

Diplomat O‘zbekistonning kosmosni zabt etishda qo‘shgan hissasi bu bilan chegaralanmasligini ta’kidladi.

"O‘zbekiston raketalarni uchirishda yaqindan yordam bergan, O‘zbekiston lunoxodni yaratishda yordam ko‘rsatgan, O‘zbekiston kosmosni zabt etishda yordam bergan boshqa narsalarni yaratishda ham katta yordam bergan", — dedi diplomat.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov12 aprelya Rossiyskiy sentr nauki i kulturi v Tashkente provel pamatnuyu aksiyu u monumenta pervomu kosmonavtu Zemli, Geroyu Sovetskogo Soyuza Yuriyu Gagarinu, priurochennuyu ko Dnyu kosmonavtiki.
12 aprelya Rossiyskiy sentr nauki i kulturi v Tashkente provel pamatnuyu aksiyu u monumenta pervomu kosmonavtu Zemli, Geroyu Sovetskogo Soyuza Yuriyu Gagarinu, priurochennuyu ko Dnyu kosmonavtiki. - Sputnik O‘zbekiston
12 aprelya Rossiyskiy sentr nauki i kulturi v Tashkente provel pamatnuyu aksiyu u monumenta pervomu kosmonavtu Zemli, Geroyu Sovetskogo Soyuza Yuriyu Gagarinu, priurochennuyu ko Dnyu kosmonavtiki.

Turdenev o‘tgan yillar davomida kosmos — ajoyib g‘oyadan sekin-asta zabt etilayotgan hududga aylanayotganini ta’kidladi.

"Biz endilikda kosmosdan iqtisod, texnika, ilm-fan sohasida yangiliklar olish uchun foydalanmoqdamiz".

Turdenevga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiyaning kosmik sohada hamkorlikdagi yo‘nalishlaridan biri — So‘fa xalqaro radioastrologik laboratoriya tashkil etish hisoblanadi.

"Ishonchim komilki, ushbu loyiha hayotga tatbiq etiladi va insoniyat tomonidan kosmosni zabt etishga muhim hissa qo‘shgan loyiha bo‘lib qoladi", dedi Rossiya elchisi.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov12 aprelya Rossiyskiy sentr nauki i kulturi v Tashkente provel pamatnuyu aksiyu u monumenta pervomu kosmonavtu Zemli, Geroyu Sovetskogo Soyuza Yuriyu Gagarinu, priurochennuyu ko Dnyu kosmonavtiki.
12 aprelya Rossiyskiy sentr nauki i kulturi v Tashkente provel pamatnuyu aksiyu u monumenta pervomu kosmonavtu Zemli, Geroyu Sovetskogo Soyuza Yuriyu Gagarinu, priurochennuyu ko Dnyu kosmonavtiki. - Sputnik O‘zbekiston
12 aprelya Rossiyskiy sentr nauki i kulturi v Tashkente provel pamatnuyu aksiyu u monumenta pervomu kosmonavtu Zemli, Geroyu Sovetskogo Soyuza Yuriyu Gagarinu, priurochennuyu ko Dnyu kosmonavtiki.

Tadbirda maktab o‘quvchilari raqs dasturlarini namoyish etdilar hamda kosmosga bag‘ishlab yodlagan she’rlarini aytib berdilar.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov12 aprelya Rossiyskiy sentr nauki i kulturi v Tashkente provel pamatnuyu aksiyu u monumenta pervomu kosmonavtu Zemli, Geroyu Sovetskogo Soyuza Yuriyu Gagarinu, priurochennuyu ko Dnyu kosmonavtiki.
12 aprelya Rossiyskiy sentr nauki i kulturi v Tashkente provel pamatnuyu aksiyu u monumenta pervomu kosmonavtu Zemli, Geroyu Sovetskogo Soyuza Yuriyu Gagarinu, priurochennuyu ko Dnyu kosmonavtiki. - Sputnik O‘zbekiston
12 aprelya Rossiyskiy sentr nauki i kulturi v Tashkente provel pamatnuyu aksiyu u monumenta pervomu kosmonavtu Zemli, Geroyu Sovetskogo Soyuza Yuriyu Gagarinu, priurochennuyu ko Dnyu kosmonavtiki.

Tadbir so‘ngida Yuriy Gagarin haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0