07:03 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
125600

Shuncha oʻzgarishlarga qaramay, oʻqituvchi va shifokorlarni majburiy mehnatga jalb etishni ayrim rahbarlar kundalik ish uslubiga aylantirgan", deydi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov

TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida respublikada ayrim hududlarda oʻqituvchilar nafaqat obodonlashtirish ishlariga, balki uy-joy qurilishiga ham jalb etilgani haqida gapirdi, deb xabar qildi "Qalampir" nashri.

"Bolalar mehnati allaqachon tugatilgan boʻlsa-da, ammo taʼlim va sogʻliqni saqlash xodimlarining majburiy mehnatga jalb etish juda keng tus olgan….Shuncha oʻzgarishlarga qaramay, oʻqituvchi va shifokorlarni majburiy mehnatga jalb etishni ayrim rahbarlar kundalik ish uslubiga aylantirgan", — deb taʼkidlagan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov.

Aripov shuningdek, Andijonda oʻqituvchilar muntazam majburiy mehnatga jalb qilinganligi va bunga viloyat hamda shahar hokimliklari rahbarlari bosh-qosh boʻlishganini qoʻshimcha qilgan.

"Bundan tashqari, oʻqituvchilar majburiy mehnatga jalb qilinibgina qolmay, moddiy yordam berishga majbur qilingan. Ular qimmatbaho gul va daraxt koʻchatlarini olib, hududlarga ekkanlar.

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi yangi qurilgan uy-joylarni esa oʻz mablagʻlari evaziga buyumlar olib, tozalaganlar", — degan Bosh vazir.

Aripov shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Bandlik va mehnat vazirligiga jamoat ishlari uchun 714 milliard soʻm ajratilganini biroq hokimlar bundan "bexabar"ligini qoʻshimcha qilgan va "ular "kasal", ular oʻqituvchi va shifokorlarni ishlatishi kerak", deb taʼkidlagan.

Teglar:
Oʻzbekiston, oʻqituvchilar, majburiy mehnat, Mirziyoyev, Aripov

Asosiy mavzular