05:47 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
187160

Bosh vazir bugungacha aniqlangan koʻzboʻyamachilik holatlari haqida gapirarkan, birinchi misol Qashqadaryo, Jizzax viloyatlaridagi holatga toʻxtalgan

TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Endi majburiy mehnatga jalb etish bilan bogʻliq holat aniqlangudek boʻlsa, bu prokuratura, huquq-tartibot organlari bilan birgalikda favqulodda holat sifatida koʻrib chiqiladi, deb xabar berdi "Qalampir" nashri.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bugun, 17 aprel kuni hukumat rahbari Abdulla Aripov boshchiligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan, oʻqituvchi va shifokorlarni oʻzlariga taalluqli boʻlmagan ishlarga jalb qilish holatlari muhokamaga qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning yigʻilishda maʼlum qilishicha, Mirziyoyev endi majburiy mehnatga jalb etish bilan bogʻliq holat aniqlangudek boʻlsa, buni prokuratura, huquq-tartibot organlari bilan birgalikda favqulodda holat sifatida koʻrib chiqish yuzasidan topshiriq bergan.

Bosh vazir bugungacha aniqlangan koʻzboʻyamachilik holatlari haqida gapirarkan, birinchi misol Qashqadaryo, Jizzax viloyatlaridagi holatga toʻxtaldi.

"Qashqadaryo viloyatiga koʻcha yuzida issiqxonalarni tashkil etishda, Jizzax viloyatida kollej oʻquvchilarini tekstil fabrikasi xodimlari sifatida foydalanish holatlari yuz bergan. Bunday holatlar esa aholi oʻrtasida turli norozilik kayfiyatining kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri boʻlmoqda".

Bosh vazirga koʻra, nafaqat oʻqituvchi va shifokorlar, hatto, maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari ham majburiy mehnatga ham jismonan, ham moddiy jalb etilgan.

"Masalan, Andijon viloyatining Andijon shahri, Xoʻjaobod, Marhamat, Qoʻrgʻontepa, Jalaquduq tumanlarida koʻcha tozalash, mahalalarni obodonlashtirish, daraxtlar ekish, koʻcha va mahallalardagi chiqindilarni chiqarish va dala ishlariga maktab, maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar muntazam ravishda jalb etib kelinmoqda. Mazkur holatlar ayrim rahbarlar tomonidan nafaqat majburiy ishlatish, balki moddiy manfaatni koʻzlab ham amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari Rahmonov, Andijon shahar hokimi Rahmatullayev barcha yigʻilishlarda ochiqdan-ochiq maktabgacha taʼlim muassalari rahbarlari shahar koʻchalarini obodonlashtirish uchun oʻz ish haqlaridan qimmat narxlarda gul va daraxt koʻchatlarini sotib olishga majbur qilingan.

Agar topshiriq bajarilmasa yoki bajarishni xohlamagan xodimlar boʻlsa, ishdan boʻshatish bilan qoʻrqitishgan.

Endi ayting, shuncha islohotlar amalga oshirilayotgan bir davrda oʻqituvchi, shifokorlar qachon oʻz ustida ishlaydiyu qachon oʻzi ishlayotgan markazda shu islohotlarni amalga oshiradi? Koʻchaga olib chiqib ishlatgani yetmagandek, gul va darxt koʻchalarining ustiga pul qoʻyib, uni byudjet tashkilotlari xodimlarini olishga zoʻrlagani-chi?!

Xuddi shu kabi Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi bochgʻalar xodimlari ham shahardagi qabristonlarni obodonlashtirishga muntazam jalb etib kelinmoqda.

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari esa oʻz hisoblaridan zarur vositalarni sotib olib, yangi qurilgan koʻp qavatli uylarni tozalashga jalb qilingan.

Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Fargʻona viloyatlarida ham maktabagacha taʼlim muassasalari xodimlaridan obodonlashtirishga ishchi kuchi yollash maqsadida pul yigʻilayotgani boʻyicha vazirlikka bir necha marotaba murojaatlar boʻlgan".

Teglar:
majburiy mehnat, Andijon, Jizzax, Abdulla Aripov

Asosiy mavzular