12:10 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
99510

GM Uzbekistan AJ oʻzining barcha dilerlik korxonalarida shartnoma rasmiylashtirish va oʻsha zahoti avtomobil egasiga aylanish imkoniyati mavjudligini rasman taʼkidlamoqda

TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. GM Uzbekistan oʻz "xizmat"larini taklif qilayotgan shaxslar vaʼdalariga ishonmaslikka chaqirdi.

"Avtomobil savdosi jarayonlarida noqonuniy mexanizmlarni ishlatilishi faktlari, shu jumladan avtomobil yetkazib berilishi muddatlarini tezlashtirish vaji bilan oʻrtakashlik bilan shugʻullanish toʻgʻrisidagi koʻp sonli xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarda soʻnggi kunlarda keng tarqalayotganligini inobatga olgan holda, GM Uzbekistan AJ oʻzining barcha dilerlik korxonalarida shartnoma rasmiylashtirish va oʻsha zahoti avtomobil egasiga aylanish imkoniyati mavjudligini rasman taʼkidlaydi. Bunday avtomobillarning modellari va dilerlik korxonalari kesimidagi toʻliq roʻyhati bilan bizning rasmiy veb-saytimizda tanishishingiz mumkin (http://gmuzbekistan.uz/avto_za_45_minut). Ushbu roʻyxat kundalik ravishda yangilanib boriladi", — deyiladi xabarda.

GM Uzbekistan shuningdek, fuqarolarni avtomobil yetkazib berish uchun shartnoma rasmiylashtirishda yoki uning muddatlarini tezlashtirishga yordam berish yoki shu kabi boshqa "xizmat"larni taklif qilayotgan shaxslar vaʼdalariga ishonmaslikka chaqirgan.

"Avtomobil yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalar faqatgina roʻyhatga olingan rasmiy murojatlar (arizalar) asosida avtomatik tarzda yaratiladigan yagona elektron navbat boʻyicha amalga oshiriladi. Avtomobil savdosiga doir kooruptsion holatlar aniqlanganda Siz GM Uzbekistan AJning 147-14-14 raqamli yagona ishonch telefoniga yoki bevosita huquqni muhofaza qilish organlariga murojat qilishingizni soʻrab qolamiz", — deyiladi xabarda.

Teglar:
avto za 45 minut, diler, GM Uzbekistan

Asosiy mavzular