Rossiyadan jo‘nagan "Pobeda" avtomobillari 1-may kuni O‘zbekistonga yetib keladi

© Gazeta "Zarafshan"Iz Rossii v Uzbekistan startuyet avtoprobeg posvashenniy pobede vo Vtoroy Mirovoy voyne
Iz Rossii v Uzbekistan startuyet avtoprobeg posvashenniy pobede vo Vtoroy Mirovoy voyne - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Pobeda" rusumidagi beshta avtomobil 17-aprelda Samarqand tomon yo‘l olgan. Ular 1-mayda qadimiy shaharga yetib kelishi kutilmoqda

TOShKENT, 23 apr — Sputnik. 1 may kuni Samarqandga Rossiyaning Nijnevartovskidan jo‘nagan "Pobeda" raritet avtomobillari avtokarvoni O‘zbekistonga yetib keladi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

O‘zbekistonda 1615 nafar veteran qolgan
Ta’kidlanishicha, bugun 23-aprel kuni "Nijnevartovsk-Samarqand" yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan "Pobeda — odna na vsex" ("G‘alaba — barcha uchun bitta") avtokarvoni Ostonaga yetib kelgan.

"Pobeda" rusumidagi beshta avtomobil 17-aprelda Samarqand tomon yo‘l olgan. Ular 1-mayda qadimiy shaharga yetib kelishi kutilmoqda. Ushbu tadbir Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Dumasi qoshidagi Yoshlar parlamenti tomonidan tashkillashtirilgan. Mashinalar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston shaharlaridan o‘tadi", — deyiladi xabarda.

Avtokarvon, shuningdek, Toshkentda ham bo‘ladi. Samarqandga yetib kelgach, avtomobilchilar yana Nijnevartovskka qaytishadi.

Yangiliklar lentasi
0