21:52 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
67531

"Bugun Oʻzbekiston dunyoni oʻziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda" - 25 aprel kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan xalqaro anjuman ishtirokchilari xuddi shunday fikrlarni bildirdilar

TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. 2018 yilning 25 aprel kuni Toshkentda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan "Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va Oʻzbekiston tajribasi" mavzuida xalqaro konferentsiya oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Konferentsiya ishida Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi Umumevropa mintaqaviy kengashi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti rahbarlari, 30 dan ortiq mamlakatdan nufuzli xalqaro ekspertlar va yirik olimlar, Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdilar.

Konferentsiya Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi" doirasida Oʻzbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish maqsadida oʻtkazildi.

Anjumanda Oʻzbekistonda ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida erishilgan natijalar ham tahsinga sazovorligi eʼtirof etildi. Xususan, Xalqaro mehnat tashkiloti va qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik borasida samarali natijalarga erishilgani taʼkidlandi.

Qisqa muddat ichida qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikda koʻplab masalalar hal etilishiga erishilgani qayd etildi.

Forumda "Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ahvoli va tendentsiyalari" mavzuida maʼruza qilgan Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi Bosh kotibi Vladimir Щerbakov kuchli ijtimoiy siyosatni rivojlantirish borasidagi muvaffaqiyatlar koʻp hollarda xalqaro va mintaqaviy tajribadan unumli foydalanishga ham bogʻliq ekanligini taʼkidladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur xalqaro anjuman ijtimoiy muloqotni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratishini qayd etdi.

Xalqaro anjuman doirasida xorijiy ekspertlar Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, sogʻliqni saqlash sohasidagi ishlar, taʼlim, ijtimoiy infratuzilma, arzon uy-joylar, ish joylaridagi mehnat sharoitlari, davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar hamkorligi borasida aniq tasavvurga ega boʻlish maqsadida Toshkent va Samarqand viloyatlariga tashrif buyurdilar.

Xorijiy ekspertlar mazkur hududlarga tashriflari davomida Mirziyoyev tashabbusi bilan Oʻzbekistonda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat va inson manfaatlari yoʻlidagi islohotlarning natijalarini oddiy odamlar hayotida oʻz koʻzlari bilan koʻrish imkoniga ega boʻldilar.

Ijtimoiy obʼyektlarda ular fuqarolar uchun yaratilgan munosib mehnat sharoitlari, davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning samarali ijtimoiy sherikligi natijasida xodimlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida erishilayotgan ijobiy natijalar bilan tanishdilar.

Teglar:
kasaba uyushmalari, XMT, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular