06:22 27 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Yangiliklar
Havola olish
91430

Toshkentda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan xalqaro konferentsiyada Oʻzbekiston ayollarini kutayotgan muhim yangilik haqida gapirildi

TOSHKENT, 25 apr — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekistonda ayollar huquqini ilgari surish boʻyicha institutsional mexanizm yangi yoʻnalishlarga ega boʻladi, dedi 25 aprel kuni Toshkentda Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan Interkontinental mehmonxonasida oʻtkazilgan xalqaro konferentsiya davomida Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva.

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan va 30dan ortiq davlatlardan xalqaro ekspertlar qatnashgan "Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va Oʻzbekiston tajribasi" xalqaro konferentsiyasida soʻzga chiqqan Norboyeva Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi faoliyati haqida maʼlumot berdi.

"Oʻzbekistonda ayollar huquqini ilgari surish boʻyicha institutsional mexanizm yangi yoʻnalishlarga ega boʻladi. Albattaki, Oʻzbekiston Qonunchilik palatasida: yuqori va quyi palatalarda ayollarimizning bugungi ishtiroki shu kechayu-kunduzda ayollar oʻz oldiga qoʻygan talablarga mutlaqo javob bermaydi. Bu ayollarimizning faolligiga mutlaqo mos emas.

Yaʼni, oliy darajada ayollarimizning 15, 16, 17 % oʻrinlarni egallashlari biz uchun emas, Oʻzbekiston uchun emas", — dedi Norboyeva.

Oʻzbekiston Bosh vazir oʻrinbosari, shu oʻrinda, 2019 yilda boʻlib oʻtadigan saylovlarda davlat boshqaruv organlarida ayollar 30%ni tashkil etishlariga qonunan erishishni maqsad qilib qoʻyilganini maʼlum qildi.

Norboyevaning soʻzlariga koʻra, buning uchun Xotin-qizlar qoʻmitasi Davlat boshqaruv akademiyasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Ombudsmen va boshqa siyosiy partiyalar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini yoʻlga qoʻygan.

"Albatta-ki, boʻlajak saylovlarga tayyor boʻlish uchun turli dasturlar ishlab chiqilgan", — deb maʼlum qildi Bosh vazir oʻrinbosari.

Teglar:
Tanzila Norboyeva, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular