20:53 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
95 0 0

Xalq banki "Oʻzbekistonda PAYNET faoliyati toʻxtatiladi" mazmundagi xabarlarni aholini chalgʻituvchi xabarlar deya taʼrifladi

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Oʻzbekiston Xalq banki ilgariroq tarqatilgan paynet faoliyati toʻxtatilishi haqidagi xabarlarga raddiya berdi.

"Internet tarmoqlarida "Oʻzbekistonda PAYNET faoliyati toʻxtatiladi" mazmundagi aholini chalgʻituvchi xabarlar tarqalmoqda. Biroq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda imzolangan qaroriga koʻra, endilikda "UzPaynet" MCHJ faoliyati toʻxtatilmay turib, Xalq banki tizimida Paynet savdo belgisi ostida oʻz faoliyatini aholiga yanada qulay tartibda davom ettiradi", — deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, bunda, faqatgina "UzPaynet" MCHJning mulkchilik shakli oʻzgargan holda, uning barcha majburiyatlari Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki zimmasiga oʻtkaziladi. Yaʼni Xalq banki tomonidan Paynet orqali amalga oshirilayotgan toʻlov tizimi yanada takomillashtirilib, yangi zamonaviy xizmat turlari taklif etib boriladi.

"…bugungi kunda Paynet shoxobchalari orqali aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlarni endilikda Xalq banki filiallari, muassasalari hamda Paynet shoxobchalari orqali yanada kengroq, qulayroq tarzda koʻrsatish imkoniyati yaratiladi", — deb taʼkidlangan xabarda.

Teglar:
Paynet

Asosiy mavzular