Toshkentdagi 9-may tadbirida diktor Levitanning 1941-yildagi murojaati jarangladi

© Foto : TVSDiktor Vsesoyuznogo radio Yuriy Levitan
Diktor Vsesoyuznogo radio Yuriy Levitan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 73-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda mashhur suxandon Yuriy Levitanning urush boshlangani to‘g‘risidagi e’loni jarang topdi

TOShKENT, 9-may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkentdagi 9-may bayramiga bag‘ishlangan tadbir davomida mashhur suxandon Yuriy Levitanning 1941-yil 22-iyundagi — urush boshlangani va tadbir o‘rtasida 1945-yil 8-maydagi — SSSR fashistlar ustidan g‘alaba qozongani to‘g‘risidagi e’lonni o‘qigan ovozi jarang topdi.

Vrag budet razbit - obyavlenie Levitana o nachale voyni 22-iyunya 1941 goda

Bugun Toshkentdagi Botanika bog‘ida Xotira va Qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bog‘da Ikkinchi jahon urushi muhiti vujudga keltirilgan edi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSoldati na privale, prazdnovanie 9-maya. Botanicheskiy sad, Tashkent
Soldati na privale, prazdnovanie 9-maya. Botanicheskiy sad, Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Soldati na privale, prazdnovanie 9-maya. Botanicheskiy sad, Tashkent

Bog‘ning mehmonlar uchun dasturxon bezatilgan qismida sahna yasalgan va uning ortidagi ulkan monitor orqali o‘zbek xalqining urush yillarida ko‘rsatgan tengsiz qahramonliklari aks ettirilgan arxiv lavhalar namoyish etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston san’at arbobi Turob To‘laning "Ona monologi" yangradi. Shuningdek, Hamid Olimjonning "Fashizm balosi", Zulfiyaning "Jangga ketgan o‘g‘ilga", G‘afur G‘ulomning "Sen yetim emassan" she’rlarining mualliflardan yozib olingan parchalari eshittirildi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNarodniy artist Uzbekistana Farrux Zakirov na torjestvax v chest 9-maya
Narodniy artist Uzbekistana Farrux Zakirov na torjestvax v chest 9-maya - Sputnik O‘zbekiston
Narodniy artist Uzbekistana Farrux Zakirov na torjestvax v chest 9-maya

Turob To‘laning "Qasos olamiz", Kamtarning "Frontdan xat", Habibiyning "Ko‘rgum kelur", G‘afur G‘ulomning "Yigit omon bo‘lsa", Konstantin Simonovning "Jdi menya", Yakov Galiskiyning "Siniy platochek" she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar yangradi.

Yangiliklar lentasi
0