Ikkinchi jahon urushi qahramonlari haqida kitob-albom yaratiladi

© Sputnik / Fedor Levshin / Mediabankka o‘tishVoini Krasnoy Armii na Xarbinskom aerodrome
Voini Krasnoy Armii na Xarbinskom aerodrome - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining ta’kidiga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston xalqining buyuk G‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi hali to‘la ochib berilmagan

TOShKENT, 9-may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alabaning 73-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida Ikkinchi jahon urushida qatnashgan o‘zbekistonlik askarlar haqida kitob-albom tayyorlab nashr etish taklifini berdi.

Diktor Vsesoyuznogo radio Yuriy Levitan - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi 9-may tadbirida diktor Levitanning 1941-yildagi murojaati jarangladi

"Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimiz ko‘rsatgan mardlik va olijanoblik haqida ko‘plab ilmiy va badiiy asarlar yaratilganini, albatta, minnatdorlik bilan ta’kidlaymiz.

Shu bilan birga, el-yurtimizning buyuk G‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi hali to‘la ochib berilmagan, desak, bu ham adolatdan bo‘ladi.

Bugungi fursatdan foydalanib, men tarixchi olimlarimizga, adabiyot va san’at arboblariga, keng jamoatchiligimizga bir taklif bilan murojaat qilmoqchiman. Bu dahshatli urushda qatnashgan ota-bobolarimizning qahramonligi haqida yangi-yangi asarlar yaratish, jumladan, aniq tarixiy hujjatlar asosida mukammal kitob-albom tayyorlab, nashr etishning, o‘ylaymanki, vaqti soati keldi", — dedi O‘zbekiston rahbari.

Mirziyoyev "unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod fashizm balosiga qarshi kurashda jasur ajdodlarimiz ko‘rsatgan mardlik va matonatni aslo yodidan chiqarmasligi kerak", deya ta’kidladi. Shuningdek, prezident ushbu tarixiy haqiqatni yosh avlodga to‘la yetkazishva yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda barcha mutasaddi tashkilotlar, olimlarimiz, ijodkor ziyolilarimiz faol ishtirok etishiga ishonch bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0