Nazarboyev o‘z atrofida kuchli insonlarni to‘plashdan qo‘rqmaydi, dedi Putin

© Sputnik KazaxstanNursultan Nazarbayev dal start estafete ognya zimney Universiadi-2017
Nursultan Nazarbayev dal start estafete ognya zimney Universiadi-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Nursulton Nazarboyevni faol va iste’dodli rahbar, deb atadi

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston yetakchisi Nursulton Nazarboyevni faol va iste’dodli rahbar deb atadi, va u o‘z atrofida samarali ishlay oladigan, yosh va kuchli mutaxassislarni to‘play olganini alohida ta’kidlab o‘tdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Vidi Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev Rossiyani "Xudo bergan qo‘shni", deb atadi

"To‘g‘risini aytganda, Nursulton Abishevichda meni har doim xursand qilib, hayratlantirib kelgan jihat shu-ki, axir u, hali sovet davridayoq yorqin karyera qila olgan, va yana o‘zining sovet o‘tmishiga qaramay, uning kelajakka intilgan insonligi taajjubga soladi", — dedi Putin Qozog‘iston prezidenti teleradiomajmuasiga bergan intervyusida.

Rossiya prezidenti shuningdek, Nazarboyev o‘zini kuchli insonlar bilan o‘rab olishga qo‘rqmasligini qayd etib o‘tdi. "U, birinchidan, o‘z atrofida ishbilarmon va samarali ishlay oladigan odamlarni to‘plashni biladi va yoniga kuchli odamlarni qo‘yishdan qo‘rqmaydi. Bu har qanday kuchli rahbarning alohida ajralib turadigan jihatidir", — dedi Rossiya yetakchisi.

Putin shuningdek, Nazarboyevni faol va iste’dodli rahbar deb atadi.

Yangiliklar lentasi
0