Samarqand viloyati hokimi seldan jabrlangan surxondaryoliklarga beg‘araz yordam yubordi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishFura
Fura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
22 may kuni 20 tonna un, 2 tonna o‘simlik yog‘i, shakar, makaron, parranda go‘shti, shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotlari hamda xo‘jalik mollari ortilgan jami 4 ta yuk mashinasi Qumqo‘rg‘onga yetib bordi

TOShKENT, 22-may — Sputnik. Samarqand viloyatidan Surxondaryo viloyatining seldan jabrlangan aholisiga insonparvarlik yordami yetib bordi, deb xabar qildi Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev o‘zining Feysbukdagi rasmiy sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 18-may kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Elobod, Azlarsoy va Bog‘or mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida sel oqimi yuzaga kelgan edi.

Jo‘rayevning xabar berishicha, ro‘y bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish, jabr ko‘rgan yurtdoshlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish maqsadida Samarqand viloyatidan Surxondaryoga birlamchi ehtiyoj uchun muhim bo‘lgan oziq-ovqat, iste’mol mahsulotlari, kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyumlari yuborilgan.

"Jumladan, 22-may kuni 20 tonna un, 2 tonna o‘simlik yog‘i, shakar, makaron, parranda go‘shti, shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotlari hamda xo‘jalik mollari ortilgan jami 4 ta yuk mashinasi Qumqo‘rg‘onga yetib bordi", — deb yozilgan postda.

Beg‘araz yordam mahsulotlari hududda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanayotgan Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani hokimliklari, prokuratura xodimlari va boshqa tashkilotlardan iborat shtab a’zolariga topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0