MDH davlatlari razvedkalari terrorizmga qarshi hamkorlikdagi kurashni kuchaytirishga kelishdi

© Sputnik / Rostislav Netisov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy komandi Uzbekistana vo vremya proxojdeniya etapa "Tropa razvedchika" na konkurse "Otlichniki voyskovoy razvedki"
Voyennoslujashiy komandi Uzbekistana vo vremya proxojdeniya etapa Tropa razvedchika na konkurse Otlichniki voyskovoy razvedki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDHga a’zo davlatlarning xavfsizlik organlari rahbarlari va razvedka xizmati boshliqlari Sankt-Peterburgda navbatdagi majlisga yig‘ildilar

TOShKENT, 22-may — Sputnik. Sankt-Peterburg shahrida seshanba kuni o‘tkazilgan razvedka faoliyati masalalariga bag‘ishlangan majlisda MDHga a’zo davlatlarning xavfsizlik organlari va razkedka xizmatlari rahbarlari xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi hamkorlikdagi harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati matbuot-burosi xabar bermoqda.

Ucheniya VVS i PVO na yuge Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston MDH Havo hujumidan mudofaa tizimi mashg‘ulotlarida ishtirok etadi
"Majlis yakuni bo‘yicha memorandumda tomonlarning xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashda muvofiqlashtirilgan harakatlarni faollashtirishga intilish, shuningdek, razvedka ma’lumotlari bilan o‘zaro almashish, hamkorlikka kiruvchi mamlakatlarning dolzarb manfaatlariga aloqador ichki va tashqi tahdidlarni samarali bartaraf etish maqsadida milliy maxsus xizmatlar bilan hamkorlik shakllari va yo‘nalishlarini kengaytirish qayd etilgan", — deyiladi xabarda.

Majlis ishida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston maxsus xizmatlari va razvedka xizmatlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Majlis Rossiya prezidenti Vladimir Putinning forum ishtirokchilariga yo‘llagan qutlov so‘zidan boshlandi. Qutlov so‘zi Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin tomonidan o‘qib eshittirilgan. Xabar berilishicha, Narishkin, navbatdagi muddatga ushbu doimiy amalda bo‘luvchi forumning raisligini egallagan.

Yangiliklar lentasi
0