Postavnin: sobiq SSSR fuqarolari Rossiya fuqarosi maqomini oladi

© Sputnik / Ruslan KrivobokVacheslav Postavnin
Vacheslav Postavnin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Migratsiya XXI asr" fondi prezidenti Vacheslav Postavnin sobiq SSSR fuqarolariga alohida maqom berilishi haqidagi qarorni olqishlash lozimligi ta’kidladi

Ilgariroq Rossiyada fuqaroligi yo‘q shaxslarga — SSSRda tug‘ilgan, RF hududida 15-yildan ortiq muddat yashagan, ozodlikka chiqqan mahbuslarga, Rossiyaga bolaligida ko‘chib kelib, Rossiya pasportiga ega bo‘lmagan fuqarolarga yangi hujjatlar berishi haqida xabar berilgan edi.

Yangi guvohnoma fuqaroligi yo‘q shaxslarga mamlakatda qonuniy yashash imkoniyatini beradi, deb xabar qilmoqda "Izvestiya" nashri Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh boshqarma rahbari o‘rinbosari Valentina Kazakovaga tayangan holda.

Postavnin: vixodsi iz stran bivshego SSSR budut legalizovani v Rossii

Rossiya IIV tomonidan tayyorlangan qonun loyihasi "fuqaroligi yo‘q shaxslarga, shaxsini tasdiqlovchi yangi hujjat berilishini" nazarda tutadi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat maqomga ega bo‘lmagan odamlarga keyinchalik Rossiyada vaqtinchalik yashashga ruxsatnoma olish imkonini yaratadi.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yangi maqom 10-yil kechiktirilib kiritilmoqda, deb hisoblaydi "Migratsiya XXI asr" jamg‘armasi prezidenti Vacheslav Postavnin. Uning so‘zlariga ko‘ra, u sobiq sovet respublikalaridan qachonlardir Rossiyaga kelgan va qator sabablar tufayli Rossiya fuqaroligidan mahrum etilgan migrantlarga taalluqli.

Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Besh yil ichida Rossiya fuqaroligini olgan o‘zbekistonliklar soni 2 baravarga ko‘paydi

"2007 yilda 1992-yildan keyin Rossiya fuqaroligini olgan odamlarni tekshirish boshlangan edi, ular asosan qardosh respublikalardan turli sabablarga ko‘ra qochishga majbur bo‘lgan etnik ruslar edi. Ma’lum bo‘ldiki, ularning aksariyatining hujjatlari to‘g‘ri rasmiylashtirilmagan — bunda ularning o‘zlarining yoki Federal migratsiya xizmatining xatoliklari bor edi. Shundan so‘ng butun boshli oila fuqarolikdan mahrum etilgan, ammo bu odamlar qanday maqomni olishi masalasi haqida hech kim hatto bosh qotirmagan. Ular ortga ham qaytolmasdi, axir ular na Qozog‘iston, na O‘zbekiston va na Tojikiston fuqarolari emasdi", — dedi Sputnik Moldova muxbiriga suhbatdosh.

Shu bois uning fikricha, Rossiyada yashab kelayotgan fuqaroligi yo‘q shaxslar uchun alohida maqomni tatbiq etish qarori, kechikkan bo‘lsada, ammo o‘ta muhim qaror.

Yangiliklar lentasi
0