AQSh Turkmanistondan paxta va paxta mahsulotlari olib kirilishiga taqiq qo‘ydi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSborshisi xlopka
Sborshisi xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qaror Cotton Campaign koalitsiyasi tomonidan ilgari surilgan, u paxtachilik sohasida bolalar mehnati va majburiy mehnati yo‘qotilishi uchun kurashib keladi

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Qo‘shma Shtatlar Turkmanistondan paxta va paxta mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi, deb xabar berilgan AQSh Chegara va bojxona qo‘riqlash boshqarmasi saytida.

Ushbu qaror 18-may sanasida qabul qilingan.

Sborshiki xlopka na pole - Sputnik O‘zbekiston
Barnoyev: "Oldingi siyosatda paxtaga olib chiqmasa, ishdan olardik. Hozir bunday emas"

Qarorni qabul qilishga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan. Ammo, ilgariroq ushbu qaror qabul qilinishida faollarning roli katta bo‘lganligi aytilgandi. Ular taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyoda ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishda qullar mehnatidan foydalanib kelinadi.

Ushbu qaror Cotton Campaign koalitsiyasi tomonidan ilgari surilgan, u paxtachilik sohasida bolalar mehnati va qullar mehnati yo‘qotilishi uchun kurashib keladi.

Ilgariroq koalitsiya Inditex, IKEA i H&M singari yirik savdo turmoqlarini Turkmaniston paxtasini olishdan voz kechishga ko‘ndira olgan edi. Ushbu tashkilot Amerika bojxona hukumati qarorini olqishladi.

Yangiliklar lentasi
0