03:51 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

"Soliqda oʻyinlar koʻp boʻlgan": Mirziyoyev Botir Parpiyev nega ishdan olinganiga izoh berdi

AP Photo / Anvar Ilyasov
Yangiliklar
Havola olish
272590

Parpiyev joriy yilning 11 may kuni Davlat soliq qoʻmitasi raisligidan olingan. 19 may kuni esa u Oʻzbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining rahbarligidan ham ozod etilgan

TOSHKENT, 29 may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Botir Parpiyev nega ishdan olinganini aytdi, deb xabar qildi "Kun uz" nashri.

Taʼkidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. 

Oʻzbekiston rahbari ushbu yigʻilishda nima uchun Botir Parpiyev ishdan olinganiga izoh bergan.

"Eksportni qilmagan odam ertaga biz bilan ishlay olmaydi. Bu oʻsha rahbar hozirgi sharoitga munosib emasligidan dalolat beradi. 1 dollar eksport qilmagan rahbar boshi bilan javob beradi. Ob-havo sharoiti ogʻir boʻlishini ham yil boshida aytib, tegishli topshiriqlar berganmiz. Import qanday davom etayotgan boʻlsa, shunday davom etmoqda. Prokuratura menga hech kimni javobgarlikka tortish boʻyicha taklif bergani yoʻq. Yana bir muhim masala — mahalliy byudjetga tushum hajmi. Davlat soliq qoʻmitasi rahbari (Botir Parpiyev)ni almashtirganim bejiz emas, sababi bizda soliq tizimi yoʻq. Hali ish koʻp.

Soliqda ham koʻp oʻyinlar boʻlgani, rahbariyati qanday ishlar bilan shugʻullanganidan hayron qoldim. Hali uni ham xalqimizga yetkazamiz. Ana shularning hisobga olib, endi tegishli masʼul xodimlar har kuni eksport-importdan tashqari, tushum bilan ikki soatdan shugʻullanmasa, tushumda tartib boʻlmaydi. Soliqchining saviyasi yoʻq, desak bu ham adolatdan boʻladi. Shuning uchun bugun topshiriq berdim, tegishli qaror tayyorlanadi, hammasini noldan boshlash kerak — soliq tizimidagi Akademiyani ham, boshqasini ham. Quyi pogʻonadagi soliqchilar nima qilish kerak, qanday ishlash kerakligini bilmaydi. 70 foizi korruptsiya bilan bogʻliq, mana shuni hamma bilishi kerak, — deb aytgan davlat rahbari.

Parpiyev joriy yilning 11 may kuni Davlat soliq qoʻmitasi raisligidan olingan. 19 may kuni esa u Oʻzbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining rahbarligidan ham ozod etilgan.

Asosiy mavzular