Qudratxo‘jayev MGU bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

© Mejdunarodniy press-klubSherzod Kudratxodjayev
Sherzod Kudratxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kunlarda yangi ochilgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti vakillari ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish masalasi bo‘yicha Osiyo va Yevropa mamlakatlari faoliyatini o‘rgana boshladilar

TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘jayev va MDU jurnalistika fakulteti dekani Yelena Vartanova o‘zaro hamkorlik haqida Memorandum imzoladilar.

Bu haqda universitet rektori etib tayinlangan Qudratxo‘jayev o‘zining Feysbukdagi sahifasida xabar qildi. Xabarda aytilishicha, shu kunlarda yangi ochilgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti vakillari ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish masalasi bo‘yicha Osiyo va Yevropa mamlakatlari faoliyatini o‘rgana boshladilar. 

Xususan, Qudratxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Sankt-Peterburg universiteti qoshidagi Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar instituti hamda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti jurnalistika fakulteti faoliyatini o‘rgandilar.

Moskva Davlat universiteti jurnalistika fakulteti dekani Yelena Vartanova Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etilishini "ta’lim va ma’naviy muhitdagi juda muhim qadam", deb baholagan va muborakbod etgan.

"Bu tashabbus ta’lim rivojlanishidagi zamonaviy trendlarni o‘zida aks etadi, chunki jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar jamiyat, davlat va biznes faoliyatining o‘ta muhim yo‘nalishiga aylanmoqda. O‘ylaymanki, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini ochish – ajoyib g‘oya. Zero, bugungi kunda media sohasi texnologiya, madaniyat, tillar, professional va axloqiy standartlarni o‘zida mujassam etgan haqiqiy global hodisa bo‘lib shakllanmoqda",  — degan Vartanova.

Ta’kidlanishicha, yaqin kunlarda boshqa davlatlar, jumladan Koreya Respublikasi, Turkiya va Germaniya tajribasini o‘rganish va ular bilan ham memorandumlar tuzish ko‘zda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0