12:38 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Medrese v Buxare

Oliy va oʻrta maxsus islom bilim yurtlariga yangi oʻquv yili uchun qabul eʼlon qilindi

© Sputnik / /Anton Kurilkin
Yangiliklar
Havola olish
28510

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga 2018 yilning 15 iyunidan 10 iyuligacha abituriyentlardan hujjat qabul qilinadi

TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi oʻz tasarrufidagi oliy va oʻrta maxsus islom bilim yurtlariga 2018-2019 oʻquv yili uchun qabul eʼlon qiladi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi matbuot-xizmati.

Oʻrta maxsus islom bilim yurtlariga 2018 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi.

Mazkur bilim yurtlariga "Oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalariga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizom talablariga muvofiq umumiy oʻrta taʼlimni (11-sinf bazasida) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi shahodatnoma (attestat) yoki akademik litsey, kasb-hunar kolleji diplomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.

Qabul kvotalari boʻyicha: Toshkentdagi "Koʻkaldosh" oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga; Kitob shahridagi Xoja Buxoriy oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga Andijon shahridagi Sayyid Muhyiddin maxdum oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga, Namangan shahridagi "Hidoya" oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga 30 nafardan oʻgʻil bolalar qabul qilinadi.

Shuningdek, Buxorodagi "Mir Arab" oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi, Urganch shahridagi Faxriddin ar-Roziy oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi, Nukus shahridagi Muhammad al-Beruniy oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga qabul eʼlon qilingan.

Toshkentdagi Xadichai Kubro ayol-qizlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi va Buxorodagi "Joʻybori Kalon" ayol-qizlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga esa 20 nafardan qizlar qabul qilinishi eʼlon qilingan.

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga 2018 yilning 15 iyunidan 10 iyuligacha abituriyentlardan hujjat qabul qilinadi.

Mazkur taʼlim muassasalariga “Oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oʻrta maxsus islom bilim yurtini bitirganligi haqida diplomga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.

Shuningdek, Toshkent islom institutining maxsus sirtqi boʻlimiga 2018 yilning 15 iyunidan 30 iyunigacha abituriyentlardan hujjat qabul qilinadi.

Maxsus sirtqi boʻlimga oʻrta maxsus islom bilim yurtlarini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjatga (diplom) ega boʻlgan, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

OʻMI matbuot xizmati maxsus sirtqi boʻlimning qabul kvotalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni qoʻshimcha eʼlon qilishini aytgan.

Asosiy mavzular