13:13 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Yangiliklar
Havola olish
633 0 0

Ikki davlat maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashuv davomida terrorizmga qarshi kurash, davlat chegaralarini muhofaza qilish, oʻzaro axborot almashish masalalarini muhokama qiladilar

TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev bugun, 12 iyun kuni ishchi tashrif bilan Dushanbega bordi, deb xabar bermoqda "Xalq soʻzi" nashri.

Manba bergan xabarda qayd qilinishicha, Ixtiyor Abdullayevni poytaxt aeroportida Tojikiston milliy xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi Saymoʻmin Yatimov kutib olgan.

Ikki davlat maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashuv davomida terrorizmga qarshi kurash, davlat chegaralarini muhofaza qilish, oʻzaro axborot almashish masalalarini muhokama qiladilar. Yakunda Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha bitim imzolanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston DXX rahbari Rogʻun GESi barpo etilayotgan hududga tashrif buyurishi va u yerda qurilish ishlarining borishi bilan tanishishi ham koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular