San’at Umarov ishi yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda S.Umarov ushlangan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy saytida o‘zbek ayolini yechintirgan tezkor xodim San’at Umarov ishi yuzasidan rasmiy bayonot e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"20 yillik tajribamda bunaqasini ko‘rmaganman" - IIBB xodimi "tezkor vakil" haqida
2018 yil 22-iyun kuni fuqaro N.T. Samarqand viloyat DXX boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, 03.06.2018 yilda Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tezkor vakili S.Umarov va boshqalar uni shahar IIB binosida haqorat qilib, yechintirishga majbur qilishganligini bildirgan.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, 03.06.2018 yil soat 10:00 larda fuqaro N.T. Kattaqo‘rg‘on shahrining "Dehqon bozori"da bo‘lgan vaqtida shahar IIB xodimlari uni o‘g‘rilik qilganlikda gumon qilib, shahar IIB ma’muriy binosiga olib kelishganligi aniqlangan. Shahar IIB tezkor vakili S.Umarov unga o‘g‘rilik qilish maqsadida bozorga kelganligini aytib, uni haqorat qilgan. So‘ng IIB ma’muriy binosining koridorida N.T. ning egnidagi barcha kiyimlarini yechishga majbur qilib, bu holatni o‘zi videotasvirga olgan.

2018 yil 4-iyul kuni Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan Kattako‘rg‘on shahar IIB tezkor vakili S.Umarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda S.Umarov ushlangan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahar IIBda mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0