00:02 14 Noyabr 2018
Efir
  • RUB121.79
  • EUR9374.66
  • USD8271.27
Futbol. CHM-2018. Match Braziliya - Belgiya

Vataniga qaytgan braziliyalik futbolchilar "tuxumboʻron" qilinganmidi? Video

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Yangiliklar
Havola olish
140220

Odamlar yashil avtobusni "tuxumboʻron" qilib, portugal tilida allanimalar deb qichqirishayotgani haqidagi videoga koʻzingiz tushgandir. Aksariyat internet foydalanuvchilarning gaplariga koʻra, JCH oʻz vataniga qaytib borgan Braziliya termasini shu tarzda kutib olishgan...

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh odamlar tomonidan yashil avtobusga tuxum va mevalar uloqtirilayotgani tasvirga tushirilgan video tarqaldi.

"Uyga xush kelibsiz, Braziliya jamoasi" degan yozuv bilan tarqatilgan ushbu video 1 milliondan ziyod "prosmotr" toʻpladi va minglab internet foydalanuvchilari uni oʻz sahifalarida repost qildilar.

Bu haqda hatto xorijiy OAVlarda ham yozildi.

Aslida esa, ushbu videoda aks ettirilgan kadrlar bir necha oy oldin, aniqrogʻi, 26 martda suratga olingan boʻlib, avtobus ichidagi futbolchilar emas, balki Braziliyaning sobiq prezidenti Luis Inasio Lula da Silva partiyasining aʼzolari boʻlgan.

Mahalliy nashrlarda bu haqda yoritilgan.

Ha, aytgancha, shov-shuvga aylangan ushbu video Facebook ijtimoiy tarmogʻida ham mart oyida paydo boʻlgan. Ammo tarmoq foydalanuvchilari oʻshanda bu videoga bu qadar qiziqishmagan: feyk xabardan farqli oʻlaroq original video atigi 26 mingta "prosmotr" toʻplagan va 740 foydalanuvchi u bilan boʻlishgan.

Asosiy mavzular